TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #1382 2.35K
Namoyon va namoyanda

Bu ikki soʻz tilimizga forschadan oʻtgan.

Namoyon oʻzbek tilida yaqqol koʻrinib turadigan, gavdalanadigan; ochiq-oshkor, ravshan koʻrinish, koʻrsatish mazmunida qoʻllanadi: namoyon boʻlmoq, namoyon qilmoq.

Namoyanda biror ijtimoiy guruhga yoki sohaga mansub boʻlgan shaxs; vakil maʼnolarini bildiradi: oʻzbek adabiyoti namoyandalari, fan namoyandalari.

Namoyon va namoyanda soʻzlari tarkibidagi namo(y) forscha namudan – “koʻrinmoq” feʼlining hozirgi zamon asosidir. Shu asosga -on qoʻshimchasini qoʻshish orqali namoyon soʻzi hosil qilingan. Asliyatda yaqqol koʻrinib turadigan maʼnosini anglatadi.

Namoyanda soʻzida esa asosga -anda koʻshimchasini qoʻshib, forschada hozirgi zamon sifatdoshi yasalgan. Bu soʻz asliyatda “biror soha yoki ijtimoiy guruhning vakili” maʼnosini anglatadi.

Ikki soʻz ham oʻzbek tiliga tub soʻz sifatida oʻzlashgan. Tilimizda ular asos va qoʻshimchalarga ajralmaydi.

📌 Demak:

Namoyon, namoyanda ✅
Namoyan, namoyonda ❌

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 2
More from @oriftolib
  1. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  2. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  3. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  4. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  5. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  6. Sep 18, 2026Post #4893
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →