TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.2K subscribers
Post #1377 2.75K
Saʼy-harakat: saʼy nima?

Bu juft soʻzni tez-tez ishlatib turamiz. Uning tarkibidagi saʼy soʻzi nimani anglatadi?

Saʼy soʻzi arab tilidan olingan, asliyatda haj ziyorati chogʻida Safo va Marva tepaliklari oʻrtasida yurish; intilish, ishtiyoq; urinish, harakat; hafsala kabi maʼnolarni bildiradi.

Oʻzbek tilida saʼy soʻzini harakat maʼnosida qoʻllash hozir eskirgan.

Saʼy etmoq (yoki qilmoq) iborasi astoydil harakat qilmoq; tirishmoq maʼnolarida qoʻllanadi:

Ahmad koʻp yomon ishlarni saʼy etib, oxiri sabr kosamizni toʻldirdi.
Mirmuhsin, Meʼmor.

Saʼy qilmoq iborasi hajdagi amalni bajarish maʼnosida ham ishlatiladi:

Tavofdan keyin saʼy qilish vojib.

Saʼy-harakat juft soʻzi tarkibida saʼyning harakat maʼnosi bor, lekin birikma tarkibida, bir butun holatdagina shunday maʼno kasb etadi. Ushbu juft soʻz astoydil harakat; urinish mazmuniga ega:

Boshda bunday saʼy-harakatlar Avazga tabiiydek tuyuldi.
S. Siyoyev, Yorugʻlik.

📌 Demak:

Saʼy-harakat ✅
Say-harakat, sayʼ-harakat, saʼyi harakat ❌

@oriftolib | Sahifalarimiz
More from @oriftolib
  1. Sep 28, 2026Bolalar mediasidagi muammo: shovqin va tezlik Tadqiqotchi Natalia Kutsirkova bolalar media…
  2. Sep 28, 2026Xavotirlarimizning qancha qismi asosli? Bizni halok qiladigan emas, qoʻrqitadigan omillar…
  3. Sep 28, 2026Doktorantlar uchun nomli stipendiyalar tanlovi eʼlon qilindi Fanlar akademiyasi tayanch do…
  4. Sep 28, 2026Yaxshi keksalari boʻlmagan yerning yaxshi yoshlari boʻlmaydi. — Kabardin xalq maqoli @orif…
  5. Sep 27, 2026Agar baxtli hayotga erishmoqchi boʻlsangiz, odamlarga yoki narsalarga emas, maqsadlarga bo…
  6. Sep 27, 2026Daryo.uz yangi qiyofada: zamonaviy dizayn va qulay mutolaa Daryo.uz nashri veb sahifasi di…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →