TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.2K subscribers
Post #1374 2.88K
Kimga armon, kimga...

Uzoq yillar oʻtib sinfdosh dugonalar uchrashib qoldi. Bir-birlariga oʻz hayotlari, turish-turmushlari haqida soʻzlay ketishdi. Dugonalardan biri soʻradi:

– Otang bilan onang yaxshi yurishibdimi? Sogʻliklari yaxshimi?

– Ular olamdan oʻtgan. Bir yil boʻldi. Ikkalalariyam deyarli bir paytda oʻldi. Birovga aytolmayman, lekin senga aytaman, jonimdan oʻtib ketgandi. Ikkaloviyam toʻshakka mixlanib qolgandi. Xuddi chaqaloq boqqanday boʻldim: har kuni tagliklarini almashtirdim, ovqatlantirib qoʻydim, hamma injiqliklariga chidadim. Hatto eslagim ham kelmaydi!

Ikkinchi dugona birinchisining barcha hasratu shikoyatlarini tingladi. Soʻng ogʻir xoʻrsindi-da, dedi:

– Naqadar baxtlisan-a, dugonajon. Mening ota-onam uzoq yillar oldin dunyodan koʻz yumgan. Sen ota-onang oldidagi burchingni oz boʻlsa-da oʻtabsan. Men esa yoʻq. Ota-onam hayot boʻlishini, ularning xizmatlarini qilishni juda-juda istardim. Ammo, afsus, buning imkoni yoʻq...

@oriftolib | Sahifalarimiz
More from @oriftolib
  1. Sep 30, 2026Otalik va ijodkorlik: ziddiyat yoki yangi turtki Yozuvchi Daniel Svift farzand koʻrish erk…
  2. Sep 30, 2026🇹🇷 HILAL EDU TURK TILI KURSLARIGA QABUL OCHIQ! Bepul darslarimiz sizga yoqqan bo'lsa, en…
  3. Sep 30, 2026Kambagʻalning tuni qisqa. — Digor xalq maqoli @oriftolib | Sahifalarimiz
  4. Sep 29, 2026Sunʼiy intellekt va oʻzbek tili: raqamli makondagi yoʻqotishlar Yirik sunʼiy intellekt (SI…
  5. Sep 29, 2026“Menga nima, senga nima?”: loqaydlik va qaldirgʻoch rivoyati Aziz Norqulov “Qaldirgʻoch tu…
  6. Sep 29, 2026Oʻzbek tili oʻzbekona tafakkur tili boʻlishi kerak Filologiya fanlari doktori Bahodir Kari…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →