TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.2K subscribers
Post #1351 3.92K
Pulli va pullik: qay biri toʻgʻri?

-li va -lik qoʻshimchalarini xato qoʻllash koʻp uchraydi. Ayniqsa, ogʻzaki nutqda -li oʻrnida -lik ishlatilishiga tez-tez guvoh boʻlish mumkin. Bu holat yozma nutqqa ham oʻz taʼsirini koʻrsatadi.

Hatto nufuzli nashrlarda ham -lik qoʻshimchasi bilan bogʻliq yanglishliklar koʻzga tashlanadi. Masalan, pulli soʻzi oʻrniga pullik soʻzini ishlatish. Internetga qidiruv bersangiz, soʻz toʻgʻri yozilgan holatlarga ham, xato yozilgan holatlarga ham duch kelasiz.

Nega pullik yoʻl deyish xato?

-lik mavhum ot yasovchi qoʻshimchadir: bolalik, kelinlik, tilshunoslik, temirchilik, tinchlik, tashkilotchilik, darslik.

-li esa sifat yasovchi qoʻshimchadir: bolali, mevali, aqlli, suvli, unumli, bilimli, yetarli, tushunarli, sezilarli, yeyishli.

Pulli yoʻl birikmasida pulli soʻzi yoʻlning qandayligini sifatlab kelyapti. Pullik soʻzi esa ot. Shu sababli uni qoʻllash xato.

Pulli soʻzining pul toʻlanadigan, pul evaziga olinadigan, beriladigan yoki qilinadigan degan maʼnosi bor: pulli konsert, pulli maʼruza, pulli xizmat. Pulli yoʻl birikmasida pulli soʻzining shu maʼnosi ifodalangan: pul toʻlanadigan yoʻl, pul evaziga yuriladigan yoʻl.

Pullik degan soʻz ham bormi? Bor. Lekin u izohli lugʻatga kirmabdi. Imlo lugʻatidan esa joy olgan. Bu soʻzning maʼnosi nima? U pul xususiyati, belgisini bildiruvchi otdir. Masalan:

Gʻijimlab tashlabsan-ku, pulligi qolmabdi buni!

Qogʻoz pul gʻijimlab tashlanganidan pullik xususiyatini yoʻqotgan.

📌 Demak:

Pulli yoʻl, pulli xizmat ✅
Pullik yoʻl, pullik xizmat ❌

👉 Toʻliq oʻqish

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 10
  • 💯 2
  • 🔥 1
More from @oriftolib
  1. Sep 28, 2026Miyamiz oʻqishga moslashmaganmi? Neyrobiolog Rebekka Gotlib inson matnni koʻrish, eshitish…
  2. Sep 28, 2026Bolalar mediasidagi muammo: shovqin va tezlik Tadqiqotchi Natalia Kutsirkova bolalar media…
  3. Sep 28, 2026Xavotirlarimizning qancha qismi asosli? Bizni halok qiladigan emas, qoʻrqitadigan omillar…
  4. Sep 28, 2026Doktorantlar uchun nomli stipendiyalar tanlovi eʼlon qilindi Fanlar akademiyasi tayanch do…
  5. Sep 28, 2026Yaxshi keksalari boʻlmagan yerning yaxshi yoshlari boʻlmaydi. — Kabardin xalq maqoli @orif…
  6. Sep 27, 2026Agar baxtli hayotga erishmoqchi boʻlsangiz, odamlarga yoki narsalarga emas, maqsadlarga bo…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →