TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.2K subscribers
Post #1334 2.76K
Ayyomingiz bilan: ayyom nima?

Bayram kunlarida “Ayyomingiz bilan!”, “Ayyomlaringiz qutlugʻ boʻlsin!” kabi gaplarni koʻp eshitamiz. Ayyom oʻzi nima?

Ayyom arabchadan olingan, asliyatda kunlar degan maʼnoni anglatadi. Oʻzbek tilida uch xil maʼnoda qoʻllanadi:

1️⃣ Kun; kunlar. Bu maʼnoda kitobiy uslubda ishlatiladi, xolos.

Bugun har birimiz uchun qutlugʻ ayyom.
“Mushtum”.

2️⃣ Bayram kuni; bayram kunlari.

Ulugʻ ayyom. Ayyomlari (ayyomingiz) muborak!

3️⃣ Baʼzi soʻzlar bilan qoʻllanib, shu soʻzlar bildirgan vaqt, fasl va shu kabilarga oid on, kun, kunlarni bildiradi.

Bahor ayyomida gul gasht etarga bir chaman boʻlsa.
Furqat.

Oʻzi asliyatda kunlar degan maʼnoni anglatgan ayyomga oʻzbekchada yana koʻplik qoʻshimchasi qoʻshib, ayyomlar deymiz. Lekin bu oʻzbek tili uchun normal holat. Chunki biz ayyomni birlikdagi soʻz sifatida qabul qilganmiz.

@oriftolib | Sahifalarimiz
More from @oriftolib
  1. Sep 27, 2026Agar baxtli hayotga erishmoqchi boʻlsangiz, odamlarga yoki narsalarga emas, maqsadlarga bo…
  2. Sep 27, 2026Daryo.uz yangi qiyofada: zamonaviy dizayn va qulay mutolaa Daryo.uz nashri veb sahifasi di…
  3. Sep 27, 2026Turkiston muxtoriyati poytaxti nega Toshkent emas, Qoʻqon boʻlgan? 1917-yili tuzilgan Turk…
  4. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  5. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  6. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →