TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #1324 3.78K
Joʻmard va jumard

Bu ikki soʻz juvonmard soʻzining qisqargan shaklidir. Juvonmard forschadan olingan boʻlib, asliyatda oliyjanob, mard kishi; oliyjanob, mard maʼnolarini anglatadi. Oʻzbek tilida ikki xil maʼnoga ega:

1️⃣ Mard, botir, dovyurak.

Lekin bu maʼnoda qoʻllash hozir eskirgan.

2️⃣ Oliyjanob, oliyhimmat, hotam.

Juvonmard ikki qismdan iborat: juvon+mard. Juvon soʻzi asliyatda yosh; umrining yarmiga ham yetmagan odam yoki hayvon maʼnolarini bildiradi. Lekin oʻzbek tilida uning mazmuni oʻzgarib ketgan. Erli yosh ayol, tul xotin, iffatini yoʻqotgan qiz maʼnolariga ega va yakka holatda ayollarga nisbatan ishlatiladi. Juvonmard soʻzining qisqartirilib, joʻmard va jumardga aylanganiga shu ham taʼsir koʻrsatgan boʻlishi mumkin.

Mard soʻzi ham forschadan, asliyatda odam; erkak; botir, jasur maʼnolarini bildiradi. Oʻzbekchada botir, aytganining ustidan chiqadigan odam, biror ishni qila oladigan kishi kabi maʼnolarni tashiydi va asosan erkaklarga nisbatan ishlatiladi.

Juvonmard ham, joʻmard va jumard ham asosan erkaklarga nisbatan qoʻlanadi.

Izohli lugʻatga koʻra, joʻmard va jumard juvonmard soʻzining birinchi maʼnosida ishlatiladi.

❗️ Tilda asosan joʻmard varianti qoʻllanadi, lekin jumard ham xato emas.


📌 Demak:

Juvonmard, joʻmard, jumard ✅
Joʻvonmard ❌

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 2
  • 😢 1
More from @oriftolib
  1. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  2. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  3. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  4. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  5. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  6. Sep 18, 2026Post #4893
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →