TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #1315 38.9K
Garchi: vergul kerakmi yoki yoʻq?

Koʻp kuzatiladigan xatolardan biri garchi soʻzidan soʻng vergul ishlatishdir.

Garchi asli forscha boʻlib, agarchi soʻzining qisqa shaklidir. Bu bogʻlovchi ergash gapdagi ish-harakatning bosh gapdagi ish-harakat amalga oshishiga toʻsiq boʻla olmasligini taʼkidlash uchun xizmat qiladi:

Shayxzoda domla, garchi meni oʻqitmagan boʻlsa ham, men oʻqigan institutda dars berardi.
Shukrullo, Javohirlar sandigʻi.

Yuqoridagi jumlada garchi soʻzi qatnashgan qism kirish gap boʻlib kelyapti va ikki tomondan vergul bilan ajratilyapti. Kirish gap hisoblanmagan oʻrinlarda garchi soʻzidan oldin vergul qoʻyilmaydi:

U garchi bundan xabardor boʻlsa ham, oʻzini bilmaganga soldi.

Gap boshida kelganda esa umuman vergulsiz ishlatiladi:

Garchi soʻzimga tushunmasa-da, bosh irgʻab qoʻydi.

Garchi
soʻzi gap boshida yoki ichida kelishidan qatʼi nazar, oʻzidan keyin vergul talab qilmaydi.

📌 Demak:

Garchi foydaligini bilsa-da, bu ishga qoʻl urmadi ✅
Garchi, foydaligini bilsa-da, bu ishga qoʻl urmadi ❌

Umarjon, garchi haqligini bilsa-da, ortiq tortishmadi. ✅
Umarjon garchi haqligini bilsa-da, ortiq tortishmadi. ✅

Umarjon garchi, haqligini bilsa-da, ortiq tortishmadi. ❌
Umarjon, garchi, haqligini bilsa-da, ortiq tortishmadi. ❌

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 6
More from @oriftolib
  1. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  2. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  3. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  4. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  5. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  6. Sep 18, 2026Post #4893
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →