TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.2K subscribers
Post #1280 2.8K
Qoʻshjoʻmrak

Tilga yangiliklarni, yangi soʻzlarni shu tildan foydalanuvchilar, uning buguni va ertasiga befarq boʻlmaganlar kiritadi. Munosib soʻzlarni kashf etuvchilar jurnalist, tarjimon yoki dehqon boʻlishidan qatʼi nazar, bitta jihat ularni birlashtiradi – ijodkorlik.

Kun.uz nashri ruscha smesitel soʻzini juda zoʻr tarjima qilibdi – qoʻshjoʻmrak. Issiq va sovuq suvni aralashtirib beradigan bu qurilmaning soʻzma-soʻz tarjimasi aralashtirgich, qorishtirgich, qorgich boʻladi.

Qoʻshjoʻmrakda joʻmrak ikkita, yaʼni qoʻsh emas, lekin unga keladigan suv yoʻli ikkita va unda issiq-sovuq suv bir-biriga qoʻshiladi. Shu maʼnoda soʻzning toʻgʻri, oʻrinli ekanini lugʻaviy jihatdan ham asoslash mumkin.

Shu soʻzni muomalaga kiritgani uchun nashr muharrir va tarjimonlariga rahmat aytaman.

@oriftolib | Sahifalarimiz
More from @oriftolib
  1. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  2. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  3. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  4. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  5. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  6. Sep 18, 2026Post #4893
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →