TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #1241 3.79K
​Hijriy-qamariy yil hisobi

Hijriy yil hisobiga Paygʻambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallamning Makkayi mukarramadan Madinayi munavvaraga koʻchganlari, yaʼni hijratlari asos qilib olingan. Shuning uchun nomi hijriy taqvim deyiladi. U qamariya (hijriy-qamariy yil) va shamsiya (hijriy-shamsiy yil)ga boʻlinadi.

Hijriy qamariy yil hisobi milodiy 638 yili xalifa Umar roziyallohu anhu buyrugʻi bilan joriy etilgan.

Milliy ensiklopediyaga koʻra, qamariya boʻyicha yil hisobi 622-yilning 16-iyuli juma kunidan boshlanib, Oyning ketma-ket kelgan ikki bir xil fazasi orasida oʻtgan vaqt – sinodik oy (29,530588 kun) davriga asoslangan. 12 oydan iborat bir qamariy yil 354,3671 kundan iborat. Qamariy yilda 1, 3, 5, 7, 9 va 11-oylar 30 kundan, qolganlari 29 kundan butun qilib olingan.

Hijriy-qamariy yil oylari: muharram, safar, rabiul avval, rabiul oxir, jumodul avval, jumodul oxir, rajab, shaʼbon, ramazon, shavvol, zulqaʼda, zulhijja.

Qamariy yil tropik yildan 10–12 kun qisqa.

Qamariya hisobi Yaqin va Oʻrta Sharqning koʻp davlatlari va boshqa baʼzi davlatlarda qoʻllanadi.

Namoz vaqtlari taqvimi ana shu hijriy-qamariy yil hisobiga moslab ishlab chiqiladi. Ramazon va Qurbon hayitlari sanalarini belgilashda ham hijriy-qamariy taqvimga asoslaniladi.

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 1
  • 🔥 1
More from @oriftolib
  1. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  2. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  3. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  4. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  5. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  6. Sep 18, 2026Post #4893
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →