TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.2K subscribers
Post #1233 2.82K
Avtobusda yurmaydigan odam

U avtobusda yurmaydi, bu bilan esa faxrlanadi. Bugun ishxonadagi sherigini ancha vaqtgacha malomat qildi. Chunki u bechora ishga avtobusda keladi-da.

Hammaga maʼlum, ertalablari, ayniqsa hamma ishga, oʻqishga ketadigan vaqt oraligʻida avtobus toʻlib-toshadi, unga chiqib-tushishning oʻzi baxt boʻlib qoladi. U oʻrtogʻini koyir ekan:

– Odam dunyoga bir marta keladi. Oʻynab-kulib yashab qolish kerak. Diqqinafas avtobusda quruqlikka chiqib qolgan baliqqa oʻxshab ogʻzingni kappa-kappa ochib kelish qaydayu taksida yon-atrofni kuzatib, koʻngling chogʻ boʻlib kelgani qayda! Eh, odamlar-a, hayotning qadrini bilmay oʻtib ketasizlar, – deb xoʻrsinib qoʻydi.

Sherigi boʻlsa:

– Hamma koʻrpasiga qarab oyoq uzatadi, oshna. Sening imkoniyating bor ekan, qandingni ur, biz ham vaqti kelib taksida yurarmiz. Baxtimiz kulib, mashina olib qolsak, undan yaxshi. Oʻshanda seniyam ishga oʻzim olib kelaman. Taksiga ketadigan puling tejaladi, – dedi.

Gapning xokisor ohangda boshlangani unga yoqib tushayotgandi, biroq oxirida qoʻshilgan bir chimdim zahar terisini teshib kirgan nishday boʻldi. Munozarani davom ettirib: “Yoʻlkiradan yiqqan pulingni goʻringga olib ketasan”, degisi keldi-yu, indamadi. Chunki qoʻl telefoni jiringlab qoldi. U kreditga sovitkich va televizor olgan doʻkondan qoʻngʻiroq qilishibdi. Obbo, kreditdan qolgan qarzini toʻlashi kerak-ku! Ertaga oy tugaydi, hali maoshini olmagan. Telefonni koʻtarib, sotuvchiga shu va shunga oʻxshash sabablarni aytdi, toʻlov muddatini besh-oʻn kunga foizsiz choʻzib turishlarini iltimos qildi. Turishidan, doʻkondagilar bu taklifga rozi boʻlishmadi. Uning koʻtarinki kayfiyati ertalabdanoq buzildi...

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 6
More from @oriftolib
  1. Sep 30, 2026Otalik va ijodkorlik: ziddiyat yoki yangi turtki Yozuvchi Daniel Svift farzand koʻrish erk…
  2. Sep 30, 2026🇹🇷 HILAL EDU TURK TILI KURSLARIGA QABUL OCHIQ! Bepul darslarimiz sizga yoqqan bo'lsa, en…
  3. Sep 30, 2026Kambagʻalning tuni qisqa. — Digor xalq maqoli @oriftolib | Sahifalarimiz
  4. Sep 29, 2026Sunʼiy intellekt va oʻzbek tili: raqamli makondagi yoʻqotishlar Yirik sunʼiy intellekt (SI…
  5. Sep 29, 2026“Menga nima, senga nima?”: loqaydlik va qaldirgʻoch rivoyati Aziz Norqulov “Qaldirgʻoch tu…
  6. Sep 29, 2026Oʻzbek tili oʻzbekona tafakkur tili boʻlishi kerak Filologiya fanlari doktori Bahodir Kari…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →