TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #1217 2.59K
​Mana: vergul kerakmi yoki yoʻq?

Mana soʻzidan keyin vergul ishlatiladigan holatlar ham, ishlatilmaydigan holatlar ham bor. Bu masalani izohli lugʻat, hozirgi oʻzbek adabiy tili yoʻnalishidagi kitoblardan oʻrganib chiqdim. Topgan maʼlumotlarim asosida quyidagi xulosalar hosil boʻldi.

Vergul kerak:

1️⃣ Mana soʻzi alohida taʼkidni bildirganda:

Mana, boshqarma plan boʻlimida uni rosa qizartirishdi.
S. Ahmad, Bosh ogʻrigʻi.

2️⃣ Mana soʻzida koʻrsatish maʼnosidan koʻra taʼkid maʼnosi koʻproq ifodalangan oʻrinlarda ham vergul qoʻyish mantiqan toʻgʻri boʻladi:

Mana, soʻragan kitobingizni olib keldim.

Vergul kerak emas:

1️⃣ Soʻzlovchining qoʻlida yoki yaqinida turgan jonli yoki jonsiz predmetni, boʻlayotgan yoki boʻlib oʻtgan voqea, hodisani koʻrsatishda ishlatilganda:

Mana soʻragan kitobingiz. Mana kechagi aytgan oʻrtogʻim. Bu masalani mana sen yaxshi bilasan.

2️⃣ Soʻz koʻrsatish olmoshlari oldida kelganda:

Mana bu yerda katta maktab quriladi. Olim mana shu masala yuzasidan maʼruza qilmoqchi.

3️⃣ Undov gapda hayrat, kinoya, taajjub kabi maʼnolarni bildirganda:

Ana husnu mana malohat! Mana bamaʼnilik! Mana ilmu qobiliyat!
Mirmuhsin, Meʼmor.

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 1
More from @oriftolib
  1. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  2. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  3. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  4. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  5. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  6. Sep 18, 2026Post #4893
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →