Sloven xalq maqollaridan
Slovenlar – janubiy slavyan guruhiga mansub xalq. Sloveniyaning asosiy aholisi. AQSH, Italiya, Kanada, Argentina, Avstriya, Germaniya va boshqa mamlakatlarda ham yashaydi. Sloven tilida soʻzlashadi. Umumiy adadi – 2,5 million atrofida.
🔹 Asrab qolingan tuxum yeb yuborilgan hoʻkizdan afzal.
🔹 Borish va oʻrganishdan koʻra ishonib qoʻya qolgan oson.
🔹 Keragicha mehnat qilmagan odam ishining mevasini totishga haqsiz.
🔹 Tez qurilgan narsa tez buziladi.
🔹 Oʻz tilini yerga urgan odam onasini ham yerga uradi.
🔹 Haqiqatni aytmay turishdan ogʻirroq yuk yoʻq.
🔹 Eng katta togʻ – uyingning ostonasi.
@oriftolib | Sahifalarimiz
Post #1171
2.21K

- 👍 3