Bolta
Kesish, yorish kabi ishlarda ishlatiladigan taxta sopli temir asbob.
Bolta soʻzi turkiy xalqlarda juda qadimdan beri ishlatilib kelinadi. Eski turkiy shakli “baldu”. Baʼzi olimlar bu soʻzni tubini kesmoq maʼnosidagi bal – feʼliga olib borishadi. Albatta, bu ham bir faraz.
“Devon”da baltu shaklida keladi. Undan tashqari, bu soʻz turkiy va u bilan ayni oilada boʻlgan tillarda:
oʻzbekchada: bâlta,
turkchada: balta,
qozoqcha, noʻgʻaycha va tatarchada: bâlta,
turkmanchada: palta,
boshqurtchada: bâlta,
uygʻurchada: baltu,
tuvachada: baldi,
oltoycha: malta kabi talaffuz qilinadi.
Bu soʻzning etimonini “qoʻsh boshli bolta” maʼnosidagi eski akkadcha pâltu soʻziga bogʻlagan olimlar ham yoʻq emas. Albatta, bu koʻp ham mantiqli emas. Chunki barcha turkiy tillarda bu soʻz ayni shaklda ishlatiladi.
“Shevashunos”dan.
@oriftolib | Sahifalarimiz
Post #1162
2.47K