Bolta
Kesish, yorish kabi ishlarda ishlatiladigan tahta sopli temir asbobdir. Soʻz turkiy xalqlarda juda qadimdan beri ishlatilib kelinadi.Eski turkiy shakli "baldu" deb bilinadi. Baʼzi olimlar bu soʻzning tubini kesmoq maʼnosidagi *bal- feʼliga olib borishadi. Albatta, bu ham bir farazdan iboratdir.
Devonda baltu shaklida keladi. Undan tashqari bu soʻz turkiy va u bilan ayni oilada boʻlgan tillarda:
Oʻzbekcha: bâlta
Turkcha: balta
Qozoqcha, Noʻg'aycha, va Tatarcha: bâlta
Turkmancha: palta
Boshqurtcha: bâlta
Uygʻurcha: baltu
Tuvacha: baldı
Oltoycha: malta kabi talaffuz qilinadi.
Bu soʻzning etimonini "qoʻsh boshli bolta" maʼnosidagi eski Akkadcha pâltu soʻziga boʻgʻlagan olimlar ham yoʻq emas. Albatta, bu koʻp ham mantiqli koʻrinmayapti. Chunki barcha turkiy tillarda bu soʻz aynıdır.
Maqol:
Bolta tushguncha kunda dam olar.
Ming daraxtning boshini bir bolta chopar.
https://t.me/joinchat/WCWnkzH0KgxpkfZC
Post #74
2.5K
