TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #1153 2.18K
“Mening orzularim koʻp” ruknidan

Lotin alifbosining yangi tahriri uchun taklif

Tilshunos olim va amaliyotchi oʻqituvchi doʻstlarim bilan lotin alifbosining oʻzbek tili tabiatiga anchagina mos, internetga va matn terishga qulay variantini ishlab chiqqan edik. Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosiga bosqichma-bosqich toʻliq oʻtishni taʼminlash boʻyicha “yoʻl xaritasi” tasdiqlangani haqidagi xabarni oʻqigandan soʻng shu loyihani eʼlon qilishga qaror qildim.

Mabodo maʼqul kelsa, isloh uchun shu versiyadan ham foydalanish mumkin. Balki, aynan olinmas. Lekin koʻrsatilgan dalil va asoslar bilan xolis tanishib chiqilsa, faqat xursand boʻlamiz.

Aytgancha, bu mutlaqo shaxsiy taklif.

Alifboda nima oʻzgarishlar boʻladi?

1️⃣ Ch lotinchada S belgisi bilan ifodalanadi.

2️⃣ Ğ ğ, Ŏ ŏ, Ş ş harflari kiritiladi.

3️⃣ X va H yaxlitlanadi.

4️⃣ Ng harfi alifbo tarkibidan chiqariladi.

5️⃣ Tutuq belgisi alifbodan ham, foydalanishdan ham chiqariladi.

Izoh, dalil va asoslar bilan saytda toʻliq tanishishingiz mumkin.

Alifbo varianti quyida rasm koʻrinishida ilova qilingan.

Taklif va mulohazalaringizni izohlarda qoldirishingiz mumkin.

@oriftolib | Sahifalarimiz
Telegram Huquqiy axborot #Қонунчиликдаги_янгиликлар ⚡️Иш юритишда лотин ёзувига асосланган ўзбек алифбосига тўлиқ ўтилади Ҳукумат қарори (61-сон, 10.02.2021 й.) билан Лотин ёзувига асосланган ўзбек алифбосига босқичма-босқич тўлиқ ўтишни таъминлаш бўйича “йўл харитаси” тасдиқланди.…
  • 🤣 1
More from @oriftolib
  1. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  2. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  3. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  4. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  5. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  6. Sep 18, 2026Post #4893
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →