TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #1144 5.19K
#Soʻragan_edingiz

Xatoyim, xatoim yoki xatom

1995-yilgi imlo qoidalariga koʻra, parvo, obroʻ, mavqe, mavzu, avzo soʻzlariga I, II shaxs egalik qoʻshimchalari qoʻshilganda bir u tovushi qoʻshib aytiladi va shunday yoziladi: parvoyim, parvoying; parvoyimiz, parvoyingiz; obroʻyim, obroʻying; obroʻyimiz, obroʻyingiz kabi.

Xoʻsh, xato soʻziga egalik qoʻshimchalari qoʻshilganda-chi? O unlisi bilan tugagan soʻzlarga I, II shaxs egalik qoʻshimchalari -im, -ing shaklida ham, -m, -ng shaklida ham qoʻshilishi mumkin. Baʼzida y tovushi orttirilishi ham, orttirilmasligi ham mumkin. Buning aniq meʼyori yoʻq.

Eng toʻgʻri yoʻl – jumla yoki ifodaning talabiga koʻra ish koʻrish. Xatom shaklida ishlatish asosan badiiy adabiyotda, ayniqsa sheʼriyatda vazn talabidan kelib chiqib koʻp qoʻllanadi. Ogʻzaki nutq qisqalikni yoqtirgani uchun koʻproq xatom varianti tanlanadi.

Mening xulosam shu: xato soʻzini xatoyim, xatoim va xatom shaklida ishlatish mumkin.

Misollar lotin alifbosida koʻrsatib oʻtildi. Xulosa kiril yozuvidagi holatga ham tegishli.

👉 Toʻliq oʻqish

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 1
More from @oriftolib
  1. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  2. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  3. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  4. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  5. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  6. Sep 18, 2026Post #4893
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →