TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #1135 2.73K
​Sogʻlik va sogʻliq

Soʻzning har ikki shakli toʻgʻri. Ular sogʻ-salomat boʻlish, salomatlik, sogʻlomlik maʼnolarida qoʻllanadi:

Sogʻligim – boyligim.
Maqol.

Tani sogʻlik – tuman boylik.
Maqol.

Teng miqdorda sabzi, qizilcha, bodring sharbatlaridan kokteyl qilinib, ovqatdan oldin ichilsa, sogʻlik va kayfiyat yaxshi boʻladi.
“Fan va turmush”.

Sogʻliqni saqlashning asosiy tadbiri badantarbiya boʻlib, keyin ovqat va undan soʻng uyqu tadbiridir.
“Saodat”.

Negadir 2013-yilgi imlo lugʻatiga sogʻlik soʻzi alohida holatda kiritilmagan. Lekin sogʻlik-salomatlik, sogʻlik-sergaklik soʻzlari lugʻatda bor. Izohli lugʻatda esa sogʻlik soʻzi sogʻliq soʻzining varianti sifatida koʻrsatilgan.

Bu ikki soʻzni almashlab qoʻllash mumkin. Lekin baʼzi birikma va iboralarda til va koʻz oʻrgangan variantni tanlagan maʼqul.

Sogʻliqni saqlash vazirligi nomida esa faqat sogʻliq varianti ishlatiladi. Chunki u rasmiy nom sifatida shunday qabul qilingan.

📌 Demak,

Sogʻliq, sogʻlik, sogʻliqni mustahkamlash, Sogʻliqni saqlash vazirligi ✅

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 4
  • 🔥 2
  • 💯 1
More from @oriftolib
  1. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  2. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  3. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  4. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  5. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  6. Sep 18, 2026Post #4893
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →