TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #1132 4.76K
​“Lutfan taklif qilish” toʻgʻri emas

Keyingi paytda “lutfan taklif qilamiz” degan ibora ishlatila boshladi. Bu ibora koʻrinishda goʻzalga oʻxshab koʻrinadi. Ammo maʼno jihatdan “lutfan taklif” qanchalar toʻgʻri?..

Lutfan taklif qilaman deyish ikki jihatdan notoʻgʻri. Birinchidan, “lutf” bilan “taklif” lugʻaviy jihatdan bir-biriga ziddir. Chunki “lutf” deb yumshoqlik va nazokat bilan qilingan eʼtibor yoki muomalaga aytilsa, “taklif”ning lugʻaviy maʼnosi kulfatga solish, tashvishga qoʻyishdir. Taklif qilaman degan gap “qadam ranjida qilishingizni soʻrayman” degan gapga mazmunan yaqindir. Birovni ziyofat yoki bazmga chaqirgan kishi muomala odobiga binoan, “sizni lazzat olishga chaqiraman” demay, “sizni tashvishga qoʻymoqchiman” deydi. Lutfan, yaʼni lutf qilib sizni tashvishga qoʻyaman, deyish albatta toʻgʻri emas.

Hozir koʻnglingizga “taklif” soʻzining tashvishga qoʻyish maʼnosi koʻpchilik tomonidan uqilmaydi, degan fikr keldi. Bu toʻgʻri fikr. Chunki koʻpchilik “taklif” soʻzini faqat chaqiriq maʼnosi bilan cheklab ishlatadi. Ammo masalaning ikkinchi jihati ham bor boʻlib, bu “lutfan taklif” iborasining chaqiriq odobiga zidligidir. Mehmon chaqiruvchi kishi chaqiriluvchiga, men sizga lutf qilib mehmonlikka chaqiraman desa, bu odobdan boʻlmaydi. Chaqiriluvchining koʻngliga “men sening bunday lutfingga muhtoj emasman” degan fikr kelishi mumkin.

Agar chaqiruvchi chaqiriluvchiga “lutfan marhamat qilishingizni soʻrayman” yoki “lutfan tashrif buyurishingizni iltimos qilaman” deb murojaat qilsa, unda lutfni chaqiriluvchi chaqiruvchiga qilgan boʻladi va ibora mazmunan toʻgʻri boʻladi.

Alibek Rustamov

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 5
More from @oriftolib
  1. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  2. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  3. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  4. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  5. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  6. Sep 18, 2026Post #4893
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →