TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #1109 1.75K
“Yuragida yoli bor”: kishining yoli boʻlmaydi

Endi gʻalat taʼbir va notoʻgʻri iboralarga aniqlik kiritishimiz lozim.

Yuragida yoli bor degan ibora bor. U aslida yuragida yolini bor degan shakldadir. Yaʼni, ikkinchi soʻz yol emas, yolindir.

Yolin soʻzining maʼnosi alanga boʻlib, buni mumtoz shoirlarimiz koʻp ishlatadilar. Masalan, Navoiyda:

Oʻrtasa ishq meni, soʻrma sabab,
Kuysa xoshok yolindin, ne ajab,

degan satrlar bor. Mazkur iboraning toʻgʻrisi yuragida yolini bor va bu ibora “yuragida oʻti bor” iborasining maʼnodoshi ekan. Binobarin, uni “yuragida yoli bor” deyish notoʻgʻri va kishini chalgʻitishdan iborat ekan. Chunki kishining yuragida yol boʻlmaydi. Hatto koʻkragida ham boʻlmaydi. Yol ot, eshak, xachir kabi hayvonlarda boʻladi. Shuning uchun koʻkragida yoli bor deyish ham notoʻgʻri, koʻkragida yolini bor deyish zarurdir.

Alibek Rustamov

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 2
More from @oriftolib
  1. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  2. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  3. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  4. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  5. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  6. Sep 18, 2026Post #4893
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →