Ustuvor
Ustuvor forschadan olingan, asliyatda chidamli, mahkam, toʻgʻri, oʻtkir, kuchli maʼnolarini bildiradi.
Oʻzbek tilida kitobiy uslubda mahkam, mustahkam, buzilmas maʼnolarida ishlatilgan. Lekin hozir bu maʼnoda qoʻllash eskirgan:
Yana qonlar toʻkib ustuvor qildik.
Gʻ. Fulom.
Ustuvor yoʻnalish deganda birinchi darajali, ustun yoʻnalish tushuniladi.
Ustuvor turmoq degani esa:
1️⃣ Qimirlamasdan, mustahkam turmoq.
2️⃣ Koʻchma maʼnoda: ikkilanmasdan bir fikrda qatʼiy turmoq.
Ustuvor soʻzi hozir asosan rasmiy uslubda va OAV tilida ishlatiladi.
📖 “Oʻzbek tilining izohli lugʻati” asosida tayyorlandi.
@oriftolib | Sahifalarimiz
Post #1080
2.12K