TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #1043 6.17K
Kamina

Kamina
soʻzi fors tilidan oʻtgan, asliyatda kichik, eʼtiborsiz, haqir maʼnolarini bildiradi. Eski oʻzbek tilida hozirgiga nisbatan koʻp ishlatilgan. Umuman, oldinlari oʻzaro muomalada menlik darajasi pastroq boʻlgan, shekilli, odamlar oʻzlarini haqir sanab, kamtar ifodalardan foydalangan. Kamina soʻzi ham men deyishga istihola sababli aytilgan. Eski tilimizda sodiq xizmatkor, qul maʼnosida ham ishlatilgan.

Kamina maʼno jihatidan uchinchi shaxsni bildiradi, lekin asosan birinchi shaxsdagi feʼllar bilan qoʻllanadi. Lekin uchinchi shaxs birlikdagi feʼl bilan ishlatilishi ham xato emas. Bu soʻz xuddi men olmoshi kabi kelishik va shakl qoʻshimchalarini ham olishi mumkin. Qaratqich kelishigini olganda kamina bilan bogʻlangan otga uchinchi shaxs birlikdagi egalik qoʻshimchasi qoʻshiladi.

📌 Demak,

Kamina misol aytdim. Kamina kino koʻrdim. ✅
Kamina misol aytdi. Kamina kino koʻrdi. ✅

Kaminaning kitobi. Bu kitob kaminaniki. ✅
Kaminaning kitobim. Bu kitobim kaminaniki. ❌

👉 Toʻliq oʻqish

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 3
More from @oriftolib
  1. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  2. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  3. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  4. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  5. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  6. Sep 18, 2026Post #4893
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →