#Soʻragan_edingiz
Qoʻshtomoq – kekirdak olmasi
Erkaklar tomogʻidagi boʻrtiq oʻzbekchada nima deb atalashini soʻrashgan edi. Topgan-tutganlarim boʻyicha maʼlumot beraman.
Bu soʻz oʻzbekchada kekirdak olmasi, qoʻshtomoq deyiladi. Lekin bu ikki atama izohli lugʻatga kiritilmagan. Baʼzi manbalarda qalqonsimon togʻay, kekirdak boʻrtigʻi variantlari ham uchraydi.
Bir soʻz bilan atagan qulayroq, shuning uchun menga qoʻshtomoq varianti maʼqul. U ilmiy adabiyotlarda ham qoʻllangan ekan.
A. Diboning “Turkiy tillarning tayanch leksikasi etimologik lugʻati” kitobida yozilishicha, kekirdak olmasi qadimgi turkiy tilda boʻgʻirdaq deyilgan. Hozir tilimizda ishlatiladigan boʻgʻmoq, boʻgʻiz, buqoq, bogʻlamoq, bogʻlam, bogʻich soʻzlari ana shu boʻgʻirdaq bilan oʻzakdosh. Bu soʻzlarning asosi boʻgʻ soʻzidir. Ammo boʻgʻirdaq soʻzi hozirgi oʻzbek tilida ishlatilmaydi.
👉 Toʻliq oʻqish
@oriftolib | Sahifalarimiz
Post #1033
1.85K

- 👍 4