Kushxonami yoki qushxona?
Kushxona – chorva mollarini soʻyish, goʻsht-yogʻ tayyorlash bilan shugʻullanuvchi korxona.
Qushxona – uy qushlari boqiladigan xona, joy.
❗️ Lekin soʻzlashuv tilida kushxona soʻzining qushxona varianti ham ishlatiladi. Bu shakl izohli lugʻatga kiritilgan. Demak, qushxona ham xato emas.
Shu sababli:
U kushxonada qassoblik qiladi. ✅
U qushxonada qassoblik qiladi. ✅
@oriftolib | Sahifalarimiz
Post #1011
1.89K
- 👍 1