TGViewer
Channel Public Channel
Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

@olmazor_ixtisoslashgan

Subscribers
1.66K
Photos
10.1K
Videos
1.6K
Links
2.8K
Recent Posts 9 shown
Post #13355 323
#Yil_oʻqituvchisi

AGENTLIK TIZIMIDAGI YANA BIR PEDAGOG — “YIL O‘QITUVCHISI” TANLOVI G‘OLIBI!

🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabining kimyo fani o‘qituvchisi Qo’chqorov Shaxzod “Yil o‘qituvchisi” tanlovida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Ushbu natija ustozning kasbiy mahorati, zamonaviy bilim va innovatsion yondashuvlarni ta’lim jarayoniga samarali tatbiq etishi hamda o‘quvchilar bilan olib borayotgan izchil mehnatining munosib e’tirofidir.

Tanlov g‘olibi sifatida Qo’chqorov Shaxzod 50 ming AQSH dollari miqdoridagi pul mukofotiga sazovor bo‘ldi.
  • 👍 11
  • 🔥 1
Post #13353 461
🌍🌍🌍🌍🌍🌍

🤩Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
🌷USTOZGA EHTIROM

▶️1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan 5-“D” sinf o‘quvchilari ustozlarga hazil tariqasida videorolik tayyorlashdi.
💐Aziz ustozlar, sizning mashaqqatli mehnatingiz, bergan bilimingiz va mehringiz har bir o‘quvchi qalbida o‘chmas iz qoldiradi.

⭐5-“D” sinf o‘quvchilarining bayramona tabrigi barcha ustozlarga ataladi!

📱https://t.me/olmazor_ixtisoslashgan
  • 🔥 19
  • 👍 10
  • 👏 6
Post #13352 577
🌍🌍🌍🌍🌍🌍

🤩Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
🌷USTOZGA EHTIROM

▶️1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan 5-“D” sinf o‘quvchilari ustozlarga bo‘lgan samimiy hurmat va minnatdorliklarini videorolik orqali ifoda etdilar.

💐Aziz ustozlar, sizning mashaqqatli mehnatingiz, bergan bilimingiz va mehringiz har bir o‘quvchi qalbida o‘chmas iz qoldiradi.

⭐5-“D” sinf o‘quvchilarining bayramona tabrigi barcha ustozlarga ataladi!

Bizni kuzating

📱https://t.me/olmazor_ixtisoslashgan
  • 👏 15
  • 🔥 6
  • 👍 3
Post #13351 571
🌍🌍🌍🌍🌍🌍

🤩Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
🌷USTOZGA EHTIROM

▶️1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan 5-“D” sinf o‘quvchilari ustozlarga bo‘lgan samimiy hurmat va minnatdorliklarini videorolik orqali ifoda etdilar.

💐Aziz ustozlar, sizning mashaqqatli mehnatingiz, bergan bilimingiz va mehringiz har bir o‘quvchi qalbida o‘chmas iz qoldiradi.

⭐5-“D” sinf o‘quvchilarining bayramona tabrigi barcha ustozlarga ataladi!

Bizni kuzating

📱https://t.me/olmazor_ixtisoslashgan
  • 👏 18
  • 🔥 9
  • 👍 7
Post #13349 688
🌍🌍🌍🌍🌍🌍

🤩Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

🔵1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan o‘qituvchilar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.

🗣Mazkur bellashuvda Olmazor tumani ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi ham munosib ishtirok etib, o‘zining bilim va intellektual salohiyatini namoyon etdi.

🔔Musobaqada ishtirokchilarni munosib rag‘batlantirish maqsadida quyidagi mukofotlar belgilangan:

🥇1-o‘rin — 100 million so‘m
🥈2-o‘rin — 60 million so‘m
🥉3-o‘rin — 40 million so‘m

“Zakovat” nafaqat bilim va tezkor fikrlashni, balki jamoaviy hamjihatlik, mantiqiy tafakkur va hozirjavoblikni ham namoyon etuvchi intellektual bellashuv bo‘ldi.

❗️Olmazor tumani ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasiga kelgusi bellashuvlarda ham ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Bizni kuzating!

📱https://t.me/olmazor_ixtisoslashgan
  • 👍 12
  • 🔥 7
Post #13344 656
🌍🌍🌍🌍🌍🌍

🤩Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

🔵Maktabimizning 10-“B” sinfida “Kelajak soati” fanidan “Ustozga ehtirom-Millatga ehtirom" mavzusida navbatdagi mashg‘ulot tashkil etildi.

📚Shuningdek, “UZTOZIMGA 3 SO‘Z” yoki “USTOZIMGA TELEGRAMMA” mashg’ulotida o‘quvchilar mavzu yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirish, ijodiy yondashish hamda jamoada ishlash ko‘nikmalarini namoyon etdilar.

Bizni kuzating

📱https://t.me/olmazor_ixtisoslashgan
  • 🔥 4
  • 👍 3
  • 👏 2
Post #13343 523

Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Yil_oʻqituvchisi

🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabining kimyo fani o‘qituvchisi Shaxzod Qo‘chqorov “Yil o‘qituvchisi” tanlovida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Ushbu natija ustozning kasbiy mahorati, doimiy izlanishi hamda o‘quvchilarga sifatli ta’lim berish yo‘lidagi samarali mehnatining munosib e’tirofidir.

Tanlov g‘olibi sifatida Shaxzod Qo‘chqorov 616 million so‘m miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Bizni kuzating

💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
  • 🔥 20
  • 👏 15
  • 👍 2
Post #13335 703
O‘zbekiston — dunyoda tengsiz! Olimpiada chempioni!!!!

Shavkat Mirziyoyev Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolariga tabrik yo’lladi.

Qadrli o‘g‘il-qizlarim!

Hurmatli ustoz va murabbiylar!

Dunyo shaxmat osmonida yorqin yulduz bo‘lib porlagan siz, aziz farzandlarimni 46-Jahon shaxmat olimpiadasida erishgan tarixiy g‘alabangiz bilan chin qalbimdan tabriklayman.

Ikki karra olimpiada chempioni degan yuksak sharafli unvon, buyuk zafar barchamizga, ko‘pmillatli xalqimizga muborak bo‘lsin!

Sizlar – Yangi O‘zbekiston qahramonlari, jahon shaxmat olamida yangi tarix yaratgan oltin avlodsiz. Butun xalqimiz sizlar bilan cheksiz faxrlanadi, g‘ururlanadi.

Nodirbek Abdusattorov barcha o‘yinlar davomida mag‘lubiyat nima ekanini bilmasdan, chinakam jamoa lideri ekanini isbotlab, birinchi taxtada oltin medal sohibiga aylandi.

Nodirbek Yoqubboyev esa Turkiya, Hindiston, Xitoy va AQSH vakillariga qarshi murosasiz bahslarda chinakam iroda va matonat ko‘rsatib, jamoamiz uchun hal qiluvchi g‘alabalarni ta’minlaganini alohida ta’kidlab aytmoqchiman. Ayniqsa, Yoqubboyevning hindistonlik Nihal Saringa qarshi bellashuvi haqiqiy dramatik jang bo‘ldi. Yangi O‘zbekiston vakilining eng qiyin vaziyatda nihoyatda topqirlik bilan qo‘llagan taktik yurishlarini ko‘rib, dunyo shaxmat muxlislari hayratdan qotib qoldi.

Yana bir mard o‘g‘lonimiz, Javohir Sindorov chempionlarga xos o‘yin ko‘rsatib, umumiy g‘alabaga katta hissa qo‘shdi.

Bunday yirik xalqaro musobaqada birinchi marta ishtirok etgan Muhiddin Madaminov o‘g‘limizning kuchli raqiblariga kutilmagan zarbalar bergani va birorta ham mag‘lubiyatga uchramagani yuksak bahoga munosibdir.

Shamsiddin Vohidov Hindiston, Turkiya va Vengriya vakillariga qarshi murosasiz o‘yinlarda o‘zini yo‘qotmasdan, muhim ochkolarni olishga erishgani ham muxlislar xotirasida saqlanib qoladi.

Musobaqalarda ikkinchi tarkib bilan ishtirok etgan jamoamiz qayd etgan natija ham bizni quvontiradi. Jahongir Vohidov o‘g‘lim kuchli iroda ko‘rsatib, ushbu jamoamizni sovrinli o‘rinlar sari boshladi. Ispaniya, Angliya va Niderlandiya kabi davlatlar vakillari ustidan qozonilgan ishonchli g‘alabalar unutilmas tarixga aylandi.

Ayollar jamoamiz ham keskin kurashlarda haqiqiy matonat namunasini ko‘rsatdi. Ular AQSH jamoasi bilan tengma-teng bahs olib borganlari, 11 ta turda 7 ta yutuqqa erishib, o‘n uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritgani ham muhim natijadir.

Samarqand olimpiadasida parashaxmatchilarimiz ham ulkan jasorat ko‘rsatib, bunday o‘yinlar tarixida birinchi marta bronza medalini qo‘lga kiritishdi. Selbi qizim shaxsiy hisobda kumush, Abdulaziz o‘g‘lim bronza medaliga sazovor bo‘lgani, Ahadxon o‘g‘lim umuman mag‘lub bo‘lmagani meni juda xursand qildi.

O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi FIDЕ tomonidan 2026-yilda “Eng yaxshi federatsiya” nominatsiyasida g‘olib deb topilgani, tajribali murabbiy, grossmeyster Rustam Qosimjonov FIDЕning faxriy vitse-prezidenti, Hulkar Tohirjonova FIDЕning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha mintaqaviy prezidenti etib saylanganini O‘zbekistonning shaxmat mamlakati sifatida obro‘-e’tibori oshib borayotganining yana bir dalili sifatida qabul qilamiz.

Sizlarga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, kelgusi faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.

Bizga mana shunday buyuk shukuh, ulug‘ zafarlarni taqdim etgan shaxmatchi farzandlarimiz doimo sog‘-omon bo‘lsin!
Sizlarga hamisha porloq g‘alabalar yor bo‘lsin, aziz bolalarim!
 
Shavkat Mirziyoyev,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

©domlajon
@Shayxontohur_im_uz
  • 👏 8
Older posts →

About this channel

How can I read @olmazor_ixtisoslashgan without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi have?
Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi (@olmazor_ixtisoslashgan) has 1.66K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →