#Yil_oʻqituvchisi
AGENTLIK TIZIMIDAGI YANA BIR PEDAGOG — “YIL O‘QITUVCHISI” TANLOVI G‘OLIBI!
🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabining kimyo fani o‘qituvchisi Qo’chqorov Shaxzod “Yil o‘qituvchisi” tanlovida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Ushbu natija ustozning kasbiy mahorati, zamonaviy bilim va innovatsion yondashuvlarni ta’lim jarayoniga samarali tatbiq etishi hamda o‘quvchilar bilan olib borayotgan izchil mehnatining munosib e’tirofidir.
Tanlov g‘olibi sifatida Qo’chqorov Shaxzod 50 ming AQSH dollari miqdoridagi pul mukofotiga sazovor bo‘ldi.
Post #13355
599