Qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun ruxsatnoma olish tartibini yanada soddalashtirish mumkinmi?
Farg‘ona viloyati sudlari tashabbusi bilan Quva tumanida o‘tkazilgan tadbirkorlar bilan uchrashuvda qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun ruxsatnoma olish borasida yuzaga kelayotgan muammolar ko‘tarildi.
Muammo nimada?
- Tadbirkorlar o‘zlariga tegishli hududda qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish uchun ruxsatnoma olish zarurligiga yetarlicha e’tibor qaratmayapti. Shuningdek, ruxsatnoma olish uchun asos bo‘ladigan shaharsozlik hujjatlarini tayyorlashda ham muammolarga duch kelmoqda.
- Ruxsatnomasiz qurilgan bino va inshootlarning buzilish xavfi mavjud.
Yechim va takliflar
- Tuman va shahar hokimliklarining qurilish bo‘limlari huzurida tadbirkorlarga zarur shaharsozlik hujjatlarini tayyorlash hamda qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun ruxsatnoma olishgacha bo‘lgan jarayonda konsalting xizmatlarini ko‘rsatadigan sho‘balarni tashkil etish.
- 2026-yil 1-oktabrga qadar tadbirkorlarning o‘zlariga tegishli yer maydonlarida tegishli ruxsatnomasiz qurilgan bino va inshootlarni instrumental tekshiruvdan o‘tkazish orqali qurilish ishlarini davom ettirish yoki ulardan foydalanishga qabul qilishga ruxsat berish bo‘yicha bir martalik aksiya o‘tkazish.
Veb-sayt I Telegram I Facebook I Instagram I YouTube
Post #52708
2.83K






