Oliy sud raisi R. Maxmudova O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi, Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda BMT Aholishunoslik jamg'armasi (UNFPA)ning mamlakatimizdagi vakolatxonasi hamkorligida tashkillashtirilgan “O'zbekistonda xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhiti milliy dasturini ishga tushurish” mavzusidagi xalqaro davra suhbatida ishtirok etdi.
R. Maxmudova ish joyidagi tazyiq va zo'ravonlikka (workplace harassment) qarshi kurashishga bag'ishlangan tadbirda ishtirok etib, “bugungi kunning vazifasi ushbu masaladagi huquqiy kafolatlarni amalda ishlaydigan mexanizmlarga aylantirishdan iborat. Shu nuqtai nazardan, Prezidentimizning “Mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhitini ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori mazkur yo'nalishda muhim qadam bo'ldi”, deya ta'kidladi.
Veb-sayt I Telegram I Facebook I Instagram I YouTube
Post #52763
2.24K
