Navoiy viloyati sudlari tashabbusi bilan tadbirkorlik sub'ektlarini qo'llab-quvvatlash, ularning faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolarni o'rganish va amaliy yordam berish maqsadida tadbirkorlar bilan davra suhbati tashkil etildi.
Har qanday davlatning iqtisodiy qudrati, jamiyatda tadbirkorlik sub'ektlarining soni va ularning faolligi bilan chambarchas bog'liqdir. Chunki, tadbirkor o'z hisobidan yangi korxona tashkil etadi, tovar ishlab chiqaradi, xizmatlar ko'rsatadi, qo'shimcha ish o'rinlari yaratadi, davlat budjetiga soliqlar to'laydi.
Shu nuqtai nazardan mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirish, mazkur soha vakillarini huquq va manfaatlarini himoya qilish davlat siyosati darajasiga ko'tarilganligi hamda mazkur masala davlat rahbarining doimiy nazoratida ekanligi bejiz emas.
Bo'lib o'tgan davra suhbatida kun tartibidagi asosiy masala tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolarni o'rganish va amaliy yordam berish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.
Shuningdek, tadbikorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasida qonunchilikdagi yangiliklar ishtirokchilar e'tiboriga yetkazilishi bilan birga, ularni qiziqtirgan savollar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.
Sudyalar ishtirokida o'tkazilgan davra suxbatidan ko'zlangan asosiy maqsad, tadbirkorlarni sudgacha kelishiga sabab bo'lgan omillar, ish faoliyati davomidagi kamchiliklar yoki qonunlarni bilmaslik oqibatidagi xatolarni oldini olish hamda ularning yechimlari bo'yicha ularga tushuntirishlar berish shuningdek sud ishlaridagi protsessual tartiblarini ularga yetkazish, nizolarni sudga hal qilish tartiblarini qonuning asoslarini tushuntirishdan iborat.
Ta'kidlash lozimki, bu kabi o'tkaziladigan davra suhbatlari kelgusida tadbirkorlarning o'z faoliyatlarini qonuniy asoslarda tashkil etishda ijobiy jihatdan o'z samarasini beradi.
Veb-sayt I Telegram I Facebook I Instagram I YouTube
Post #52758
1.98K



