Tadbirkorlik subektlarini qo'llab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolarni o'rganish hamda ularning yechimiga ko'maklashish maqsadida Quva tumanida tadbirkorlar bilan navbatdagi ochiq muloqot o'tkazildi.
Tadbirda Farg'ona viloyat ma'muriy sudining raisi Sh. Mirzaxakimov, Farg'ona viloyat sudin raisining o'rinbosari A. Raximov, Adliya, Biznes-ombudsman va Savdo-sanoat palatasi hududiy boshqarmalari vakillari hamda tadbirkorlar ishtirok etdi.
Ochiq muloqot davomida tadbirkorlarning murojaatlari, taklif va muammolari tinglandi. Ularning sud-huquq tizimiga oid masalalari yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berilib, mavjud muammolarni qonuniy hal etish bo'yicha tegishli tavsiya va ko'rsatmalar bildirildi.
Veb-sayt I Telegram I Facebook I Instagram I YouTube
Post #52679
2.15K