Surxondaryo viloyati sudlari tashabbusi bilan tadbirkorlik subektlarini qo'llab-quvvatlash, ularning faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolarni o'rganish va amaliy yordam berish maqsadida tadbirkorlar bilan davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda viloyat sudi raisining o'rinbosarlari, sudyalar, Savdo-sanoat palatasi hududiy boshqarmasi, Biznes-ombudsman vakilligi xodimlari, tijorat banklari, “O'zagrolizing” AJ vakillari hamda tadbirkorlik subektlari ishtirok etdi.
Tashkil etilgan davra suhbatida kun tartibidagi asosiy masala tadbirkorlik subektlari faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolarni o'rganish va amaliy yordam berish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.
Shuningdek, tadbikorlik subektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasida qonunchilikdagi yangiliklar ishtirokchilar e'tiboriga yetkazilishi bilan birga, ularni qiziqtirgan savollar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.
Sudyalar ishtirokida o'tkazilgan davra suxbatidan ko'zlangan asosiy maqsad, tadbirkorlarni sudgacha kelishiga sabab bo'lgan omillar, ish faoliyati davomidagi kamchiliklar yoki qonunlarni bilmaslik oqibatidagi xatolarni oldini olish hamda ularning yechimlari bo'yicha ularga tushuntirishlar berish shuningdek sud ishlaridagi protsessual tartiblarini ularga yetkazish, nizolarni sudga hal qilish tartiblarini qonuning asoslarini tushuntirishdan iborat.
Ta'kidlash lozimki, bu kabi o'tkaziladigan davra suhbatlari kelgusida tadbirkorlarning o'z faoliyatlarini qonuniy asoslarda tashkil etishda ijobiy jihatdan o'z samarasini beradi.
Veb-sayt I Telegram I Facebook I Instagram I YouTube
Post #52683
1.99K









