TGViewer
Олий Маъҳад | Расмий Олий Маъҳад | Расмий @oliymahad · 14.2K subscribers
Post #49514 1.82K
#Maqola

📃 KEKSALARNI E’ZOZLASH: MILLIY QADRIYAT VA INSONIY BURCH

🟩Insonning hayot yo‘li juda g‘aroyib. Zaifhol bo‘lib dunyoga keladi, o‘sadi, ulg‘ayadi va kuchga to‘ladi. Yer yuzasiga nisbatan zarradek bo‘lishiga qaramasdan u o‘zini kuchli his etadi. Ammo kun kelib yana Odam bolasi asta ilk holi bo‘lmish zaiflikka qarab odimlaydi.
📖 Alloh taolo Kalomi sharifida shunday marhamat qiladi:
للَّهُ الَّذِي خَلَقَكُمْ مِنْ ضَعْفٍ ثُمَّ جَعَلَ مِنْ بَعْدِ ضَعْفٍ قُوَّةً ثُمَّ جَعَلَ مِنْ بَعْدِ قُوَّةٍ ضَعْفًا وَشَيْبَةً
“Alloh sizni zaiflikda yaratgan, so‘ngra zaiflikdan keyin quvvatli qilgan, so‘ngra quvvatdan keyin yana zaiflik va qarilik oriz qilgan Zotdir” (Rum surasi 54-oyat).

🔸 Yuqoridagi oyatdan ma’lumki, har qanday inson bolasi borki u keksayadi, zaifhol bo‘ladi. Biroq, keksayish bilan keksayishning ham farqi bor. Inson yoshligidan o‘zini yaratgan Rabbisini tanib, Unga ibodat qilib, Uning buyruq va qaytariqlariga amal qilib keksaysa, bu haqiqiy saodat, baxt va quvonchga to‘la umr bo‘ladi.

🕌 Abdulloh ibn Busr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: bir A’robiy dedi: Ey Allohning rasuli, eng yaxshi inson kim?. Rasululloh sallollohu alayhi va sallam javob berib dedilar: “umri uzun va amali go‘zal bo‘lgan odam” (Imom Termiziy rivoyati).

🔻 Batafsil....

📝 Najmiddin HASANOV, TII Modul ta'lim tizimi talabasi,
Hasanxon qori jome masjidi imom-xatibi


📱 @oliymahad – диний-маърифий канал!
📱 Youtube 📱 Facebook 📱 Instagram
  • 👏 3
  • 👍 1
More from @oliymahad
  1. Oct 16, 2026#Кун_тарихи 🌾 16 октябрь — Бутунжаҳон озиқ-овқат куни! 🌍 Ҳар йили 16 октябрда дунёнинг 1…
  2. Oct 16, 2026#Жума ✨Жума айёмингиз муборак бўлсин! «Албатта, Аллоҳ ва Унинг фаришталари Набийга салавот…
  3. Oct 15, 2026#Намоз_вақтлари ⏰ «... албатта, намоз мўминларга вақти тайин бўлган фарздир» (Нисо, 103) �…
  4. Oct 15, 2026#Muslim_podcast 📱🗣NAMOZDAN KEYIN JAMOAVIY DUO QILISH BID'ATMI❓ 🎙 Ekspert: Zuhrobiddin d…
  5. Oct 15, 2026#Таъзия ▪️Таъзия ▫️Тошкент ислом институти раҳбарияти ва жамоаси "Ижтимоий фанлар ва тилла…
  6. Oct 15, 2026#Янгиликлар #Очиқ_мулоқот 🔺 ТАЛАБА ҚИЗЛАР БИЛАН ОЧИҚ МУЛОҚОТ: ТАКЛИФЛАР, МУАММОЛАР ВА ИСТ…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →