TGViewer
Олий Маъҳад | Расмий Олий Маъҳад | Расмий @oliymahad · 14.2K subscribers
Post #49232 3.42K
#Yangiliklar

🔺FIQH VA AMALIYOT UYG‘UNLIGI: FATVO MARKAZIGA TASHRIF

🔺Toshkent islom institutida "Oktabr – Hanafiy mazhabini o‘rganish oyi" munosabati bilan "Aqoid va fiqhiy fanlar" kafedrasi tomonidan qator ilmiy-ma’rifiy tadbirlar hamda o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar qizg‘in davom etmoqda.
🔺Islom huquqshunosligi va aqida masalalarini chuqur o‘zlashtirish, manbalardagi nazariy bilimlarni bugungi kun voqeligiga to‘g‘ri tatbiq etish alohida ilmiy yondashuvni talab qiladi.

🔺Ushbu jihatlarga e’tibor qaratgan holda, fan oyligi doirasida kafedra o‘qituvchisi Allabergan domla Allaberganov boshchiligida modul ta’lim tizimining 501, 502, 503 va 504-guruh talabalari O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi Fatvo markazida bo‘ldilar.
🔺Tashrif davomida talabalarni Fatvo markazi bosh mutaxassisi Abdulatif domla Tursunov kutib olib, muassasaning ilmiy-tadqiqot jarayonlari bilan yaqindan tanishtirdi. Muloqotning asosiy mavzusi fatvo berish metodologiyasi, hukm chiqarish qoidalari va hanafiy mazhabidagi mo‘tabar manbalar bilan ishlashning nozik jihatlariga qaratildi.
🔺Suhbat davomida mutaxassis klassik matnlar ustida ishlash, iboralarning lug‘aviy hamda istilohiy ma’nolarini tahlil qilish, shar’iy dalillarni jamlab, ularni hayotiy voqelikka to‘g‘ri tatbiq etish kabi murakkab ilmiy jarayonlar yuzasidan atroflicha ma’lumot berdi. Ayniqsa, bugungi kunda paydo bo‘layotgan yangi va dolzarb masalalarga shar’iy yechim topishda zamonaviy fatvo idoralarining tutgan o‘rni ilmiy asoslarda yoritib berildi.
🔺Fan oyligi dasturidan o‘rin olgan ushbu amaliy mashg‘ulot ochiq muloqot va qizg‘in savol-javoblar ruhida o‘tdi.

➡️Bu kabi ilmiy uchrashuvlar talabalarning darslikdagi nazariy bilimlarini sohaning amaliyoti bilan bog‘lashiga xizmat qiladi. Qolaversa, ularda fiqhiy manbalar ustida mustaqil ishlash, masalalarga chuqur ilmiy-tahliliy yondashish hamda shar'iy hukm chiqarish ko‘nikmalarini yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi

✍️"Aqoid va fiqhiy fanlar" kafedrasi

📱 @oliymahad – диний-маърифий канал!

📱 Youtube 📱 Facebook 📱 Instagram
  • 👍 5
More from @oliymahad
  1. Oct 12, 2026#Янгиликлар #Халқаро_симпозиум 🔺Имом Бухорий халқаро симпозиуми ўз ниҳоясига етди: Тошкен…
  2. Oct 11, 2026#xabar #namangan #avtomobil 🚗 НАМАНГАН ВАКИЛЛИГИГА ЯНГИ ХИЗМАТ АВТОМОБИЛИ ТОПШИРИЛДИ 🎀🤝…
  3. Oct 11, 2026#xabar #namangan #avtomobil 🚗 НАМАНГАН ВАКИЛЛИГИГА ЯНГИ ХИЗМАТ АВТОМОБИЛИ ТОПШИРИЛДИ 🎀🤝…
  4. Oct 11, 2026#ҳафта_дайжести #янгиликлар 🗣 ҲАФТА ДАЙЖЕСТИ (11.10.2026) 🔺Имом Бухорий номидаги Тошкент…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →