TGViewer
Олий Маъҳад | Расмий Олий Маъҳад | Расмий @oliymahad · 14.3K subscribers
Post #49162 1.6K
#Yangiliklar

👛 Islom  moliyasi va Murobaha shartnomasi: Toshkent islom institutida mahorat darsi o‘tkazildi

📝Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutida “Oktabr – hanafiy mazhabini o‘rganish oyi” munosabati bilan maʼnaviy-maʼrifiy va ilmiy tadbirlar qizg‘in davom etmoqda.

📖 Shu munosabat bilan “Aqoid va fiqhiy fanlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi Muhammadayyub domla Homidov tomonidan 402-guruh talabalari uchun “Murobaha: shariat mezonlari va islom moliyasi tatbiqi” mavzusida maxsus mahorat darsi tashkil etildi.

📈Zamonaviy iqtisodiyot va islom moliyasi
Mahorat darsida bugungi kunda jadal rivojlanib borayotgan islom moliyasi tizimi, uning zamonaviy iqtisodiy munosabatlardagi o‘rni hamda islomiy bank ishining asosiy tamoyillari atroflicha muhokama qilindi. Xususan, savdo-sotiqqa asoslangan eng ommabop moliyaviy vositalardan biri bo‘lgan Murobaha shartnomasining mohiyati va unga qo‘yiladigan shariat mezonlariga alohida eʼtibor qaratildi.

📝 Nazariya va amaliyot uyg‘unligi
Interaktiv ruhda o‘tgan muloqot davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga ustozdan batafsil javob oldilar.


🟢Ushbu mahorat darsi yoshlarning islom huquqi va zamonaviy islom moliyasi bo‘yicha bilimlarini boyitish bilan bir қаторда, nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog‘lashda muhim qadam bo‘ldi.

✍️“Aqoid va fiqhiy fanlar” kafedrasi

📱 @oliymahad – диний-маърифий канал!

📱 Youtube 📱 Facebook 📱 Instagram
  • 👍 7
More from @oliymahad
  1. Oct 9, 2026#Янгиликлар #Халқаро_симпозиум 🔺«Саҳиҳул Бухорий» таълими ва ислоҳотлар: Тошкент ислом ин…
  2. Oct 9, 2026#Намоз_вақтлари ⏰ «... албатта, намоз мўминларга вақти тайин бўлган фарздир» (Нисо, 103) �…
  3. Oct 9, 2026#Янгиликлар #Халқаро_симпозиум 🔺«Саҳиҳул Бухорий» таълими ва ислоҳотлар: Тошкент ислом ин…
  4. Oct 9, 2026#hafta_dayjesti #jumadan_jumagacha 📺“ЖУМАДАН ЖУМАГАЧА” (09.10.2026) #yangiliklar ✅Ўзбекис…
  5. Oct 9, 2026#Muslim_podcast 📱🗣DUO VA ZIKR O‘ZI NIMA DEGANI❓ 🎙 Ekspert: Zuhrobiddin domla Olimov – A…
  6. Oct 9, 2026#Янгиликлар 🔺 «Ҳаким Термизий таваллудининг 1200 йиллиги: илмий мерос ва маънавий сабоқла…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →