TGViewer
Channel Public Channel
Oliygoh.uz | rasmiy

Oliygoh.uz | rasmiy

@oliygoh_grantlar

Oliygoh.uz - Rasmiy telegram sahifasi

📥 Reklama uchun: @Oliygoh_admin
Subscribers
137K
Photos
654
Videos
75
Links
764
Recent Posts 17 shown
Post #1118 25.5K
Xorijiy va nodavlat oliygohlar talabalari uchun DAVLAT GRANTI tanloviga arizalar qabuli boshlandi

Arizalar 10–17-oktyabr kunlari (17-oktyabr kuni ham) my.uzbmb.uz sayti orqali qabul qilinadi.

❓ Tanlovda kimlar ishtirok etishi mumkin?

Tanlovda xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarining O‘zbekistondagi filiallari hamda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat yo‘nalishlariga kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha qabul qilingan, davlat granti kvotalari ajratilgan ta’lim sohalarida tahsil olayotgan talabalar ishtirok etishi mumkin.

📝 Tanlov qanday o‘tkaziladi?

➖ Talabalar tegishli fanlar majmuasi bo‘yicha Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlarida qatnashadi;

➖ Joriy yilda davlat OTMlariga kirish imtihonlarida mos fanlar majmuasi bo‘yicha test topshirgan talabalar o‘sha natijalari bilan ham tanlovda ishtirok etishi mumkin;

➖ Grantlar minimal o‘tish balini to‘plagan talabalar o‘rtasida ballar ketma-ketligi asosida, ajratilgan kvotalar doirasida taqsimlanadi.

‼️ Muhim: Davlat granti butun o‘qish davri uchun beriladi. Grant olgan talabalar o‘qishni tugatgach, davlat yoki davlat ulushi mavjud tashkilotlarda kamida 3 yil ishlab berishi shart.

🎓 Oliygoh.uz rasmiy kanali:

👉 @OLIYGOH_GRANTLAR
Post #1117 25.9K
⚡️Rasman: Maktab oʻquvchilari uchun 4 000 ta GRANT ajratiladi

— Hujjatlar 15-oktyabrga qadar yagona internet portal orqali onlayn shaklda qabul qilinadi.

🇺🇿 Respublika miqyosida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumta’lim maktablarining 5–11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida Registon o‘quv markazi hamda Regbooks nashriyoti tomonidan bilimlar bellashuviga start berildi.

Tanlov iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularning bilimini baholash, sifatli ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish hamda munosib rag‘batlantirish maqsadida tashkil etilmoqda.


Tanlovda ishtirok etish BEPUL.

📚 Tanlov quyidagi 8 ta fan doirasida boʻlib oʻtadi:
— Tarix;
— Kimyo;
— Huquq;
— Biologiya;
— Matematika;
— Ingliz tili;
— Ona tili va adabiyoti;
— Rus tili va adabiyoti.

👉 Ro'yxatdan o'tish
👉 Ro'yxatdan o'tish

🎓 Oliygoh.uz rasmiy kanali:

👉 @OLIYGOH_GRANTLAR
Post #1116 27.8K
❗️Yoshlarning xalqaro imtihon xarajatlari uchun 151 mlrd so‘m qoplab berildi

Yoshlar ishlari agentligi tomonidan bugungi kunga qadar xalqaro imtihonlarda yuqori natija qayd etgan 74 ming 102 nafar yoshga 151 mlrd so‘m imtihon xarajatlari qoplab berilgan.

Eng katta ulush 18–23 yoshli yigit-qizlarga (33 ming 317 nafar, 45%) tegishli. 14–17 yoshli 25 ming 112 nafar (33,9%) yosh ham xalqaro imtihonlarda yuqori natija qayd etgan. Ya’ni jami kompensatsiya olganlarning 79 foizi 14–23 yoshdagilar. Umumiy hisobda imkoniyatdan 38 ming 503 nafar qiz va 35 ming 599 nafar yigit foydalangan.

IELTS bo‘yicha hozirgacha 54 ming 48 nafar yoshga 125 mlrd so‘m kompensatsiya to‘langan. SAT imtihoni bo‘yicha esa 9 ming 82 nafar yoshga xarajatlar (12,2 mlrd so‘m) qoplab berilgan.

Ma’lumot uchun: imtihon topshirish paytida oʻttiz bir yoshga toʻlmagan Oʻzbekiston fuqarolari va Oʻzbekistonda doimiy yashovchi fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga yuqori natija (70% dan baland) ko‘rsatganligi uchun imtihon topshirish xarajatlari toʻliq qoplab beriladi.

🎓 Oliygoh.uz rasmiy kanali:

👉 @OLIYGOH_GRANTLAR
Post #1113 26.4K
Jamiyatdagi eng og'riqli, ammo ko'pincha uyat sabab yashiriladigan muammolardan biri — giyohvandlikdir. Bunga giriftor bo'lgan insonning yaqinlari ko'pincha o'zlarini yo'qotib qo'yadi va yordam beraman deb vaziyatni yanada og'irlashtiruvchi xatolarga yo'l qo'yadi.

Xo'sh, bunday og'ir holatda qanday yo'l tutish kerak? Mutaxassis G'ayrat Namazov «Giyohvand yaqiningiz bilan qanday yashash kerak?» leksiyasida bu murakkab vaziyatni tahlil qiladi. Unda muammoni to'g'ri qabul qilish, bemor bilan qat'iy va sog'lom chegaralar o'rnatish hamda eng muhimi — oila a'zolari o'z ruhiyatini qanday saqlab qolishi tushuntirilgan. Ortiqcha nazariyasiz — achchiq haqiqat bilan yuzma-yuz kelganlar uchun hayotiy ko'rsatmalar.

Video O'zbekistondagi ilk edutainment-loyiha — MINDS platformasida joylangan. Loyiha bilan tanishish uchun saytga o'ting:
Post #1112 29.1K
Qoraqalpog’istonlik_abituriyentlar_uchun_500_ta_maqsadli_grant.pdf239.9 KB
❗️Qoraqalpog’istonlik abituriyentlar uchun 500 ta maqsadli grant o’rniga ro’yxatdan o’tish boshlandi

📝 2026/2027-o‘quv yili uchun davlat oliygohlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘tkazilgan kirish imtihonlarida 68,0 va undan yuqori ball to‘plab, kunduzgi ta’lim shakliga to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida doimiy yashaydigan hamda umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasbiy ta’lim tashkilotlarini mazkur hududda tamomlagan abituriyentlar 6-oktyabrga qadar yuqoridagi maqsadli qabul parametrlariga muvofiq tanlovda (talabalikka tavsiya etilgan oliy ta’lim tashkiloti va ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha) ishtirok etishlari mumkin.

📋 Nomzodlar my.uzbmb.uz orqali shaxsiy kabinetidan maqsadli tanlovda ishtirok etishga rozi ekanligini bildirib ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.

🗓️ Ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarning o‘tkazilgan kirish imtihonlari natijasiga ko‘ra, to‘plagan ballari ketma-ketligiga qat’iy rioya qilgan holda maqsadli qabul parametrlariga oid tanlov qaydnomalari chop etilib, rasmiylashtirish uchun 10-oktyabrga qadar tegishli oliy ta’lim tashkilotlariga yetkaziladi.

🎓 Oliygoh.uz rasmiy kanali:

👉 @OLIYGOH_GRANTLAR
Post #1111 83.7K
🔴KITOB O‘QING, BILIMINGIZNI SINANG VA G‘OLIB BO‘LING!

“ DEVON NASHR KITOBXONLARI ” respublika tanloviga taklif qilamiz!
Mutolaani yaxshi ko‘rasizmi? O‘qigan asarlaringizni tushunish va tahlil qilish mahoratingizni namoyon eting!

💰Jami pul mukofoti — 50 MILLION SO‘M!
📚 Finalchilar uchun jami 1 050 ta kitob!

🥇 1-o‘rin: 25 mln so‘m + 200 ta kitob + diplom
🥈 2-o‘rin: 15 mln so‘m + 150 ta kitob + diplom
🥉 3-o‘rin: 10 mln so‘m + 100 ta kitob + diplom
🎁 4–15-o‘rinlarni egallagan finalchilarning har biriga 50 ta kitob va diplom!
👥 Kimlar qatnasha oladi?
O‘zbekiston hududida istiqomat qiluvchi 15–25 yoshdagi yoshlar.
✅Ishtirok bepul!
🗓 Ro‘yxatdan o‘tish: 2026-yil 28-sentabr — 15-oktabr.
💻 1-bosqich: 1-noyabr — onlayn test
💻 2-bosqich: 15-noyabr — onlayn test
💻 3-bosqich: 1-dekabr — onlayn test
🏆 Final: 20-dekabr — 15 nafar finalchi ishtirokidagi oflayn bellashuv.


📖 Har bir bosqich uchun kitoblar ro‘yxati alohida e’lon qilinadi. Birinchi bosqich kitoblari 16-oktabrda ma’lum qilinadi.

👉 Ro'yhatdan o'tish: https://anketa.devonnashr.uz/

🌐 Rasmiy kanaldan ma'lumot olsangiz bo'ladi: https://t.me/devonnashruz

✨ Kitobxon do‘stlaringizga ham ulashing — birga tayyorlaning, o‘z bilimingiz bilan bellashing!
Pul mukofotlari soliq ushlanmalaridan oldingi miqdorda ko‘rsatilgan. Tanlov “Worldly Knowledge” MChJ tomonidan Devon Nashr brendi ostida mustaqil tashkil etiladi.
Post #1110 27.7K
❗️Qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha qabul natijalari e’lon qilindi

Qoraqalpog‘iston Respublikasidan 6 ming 500 nafar abituriyentning hududlardagi davlat oliygohlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga to‘lov-kontrakt asosida qo‘shimcha qabul parametrlari bo‘yicha o‘qishga qabul natijalari e’lon qilindi.

Qo’shimcha qabul parametrlari 56,7 va undan yuqori ball to‘plagan, biroq talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar hisobidan shakllantirildi. Bunda abituriyentlarning to‘plagan ballari ketma-ketligiga qat’iy rioya qilindi.

Abituriyentlar natijalarini my.uzbmb.uz orqali shaxsiy kabinetdan yoki mandat.uzbmb.uz orqali ID raqamini kiritgan holda bilishlari mumkin.

TUZATISH: kechagi videoda men 6 ming 500 ta kvota uchun ham ariza berish kerak ekan, degandim. Shu joyda 500 ta qo’shimcha grant kvotasi bilan adashtirib yuborganman. Aslida 6 ming 500 ta kvota uchun hech qanaqa ariza berish shartmas. O’qishga tavsiya etilganlarning shaxsiy kabinetida avtomatik ma’lumot chiqdi, tekshirib ko’rishlari mumkin.


🎓 Oliygoh.uz rasmiy kanali:

👉 @OLIYGOH_GRANTLAR
Post #1108 27.9K
🏆 iPhone 18 Pro, MacBook va pul mukofotlari yutib olishingiz endi yanada oson!

5-oktyabrdan Ibrat Academy’da ingliz va rus tillarini o‘rganish bo‘yicha Ibrat Ligasi start oladi. Ishtirokchilar darslarni bajarib, XP tajriba ballarini to‘playdi va reytingda yuqori o‘rinlar uchun kurashadi.

Liga g‘oliblari uchun mukofotlar:

🇷🇺 Rus tili bo‘yicha 1-o‘rin — iPhone 18 Pro
🇬🇧 Ingliz tili bo‘yicha 1-o‘rin — MacBook

🥈 2-o‘rin — 5 000 000 so‘m
🥉 3-o‘rin — 3 000 000 so‘m

4–10-o‘rinlar — 1 000 000 so‘mdan
11–50-o‘rinlar — 500 000 so‘mdan
51–100-o‘rinlar — 200 000 so‘mdan
101–200-o‘rinlar — 100 000 so‘mdan
201–1000-o‘rinlarni egallagan ishtirokchilar ham turli sovrinlar bilan taqdirlanadi.


Har ikki til uchun sovrinli o‘rinlar alohida!
—Bundan tashqari, har bir viloyatning 1–3-o‘rin sohiblari uchun alohida pul mukofotlari beriladi.

📌 Liga 5-oktyabr soat 19:00 da boshlanadi.

Hoziroq Ibrat academy ilovasini yuklab oling va Liga ishtirokchisiga aylaning. ✅

@ibratfarzandlari
Post #1107 31.7K
1-OKTYABR — DAM OLISH KUNI, 2-OKTYABR — ISH KUNI.

❗️Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan faqat 1 kun dam olinadi, boshqa qo’shimcha dam olish nazarda tutilmagan.

✅1-oktyabr, payshanba kuni barcha xodimlar uchun dam olish kuni bo’ladi.

💼 2-oktyabr, juma kuni esa barcha uchun ish kuni.

Shanba kuni esa odatdagidek, 5 kunliklarga dam olish, 6 kunliklarga ish kuni.

🎓 Oliygoh.uz rasmiy kanali:

👉 @OLIYGOH_GRANTLAR
Post #1106 34.1K
🎓 Ingliz tili va uning rivojiga hissa qo’shishni istovchi barchaga, 17–18-oktabr sanasini belgilab qoʻying!

TESOL Conference 2026 —Toshkent shahridagi Vebster universiteti va TESOL Conferences, BAA bilan hamkorlikda har yili o’tkaziladigan xalqaro konferensiya.

📚 Ikki kunlik tadbir davomida yangi bilimlar, zamonaviy yondashuvlar, xalqaro tajriba va professional networking imkoniyatlarini ochasiz.

📆 Sana: 17–18-oktabr, 2026
📍 Manzil: Toshkent shahridagi Vebster universiteti

🌍 Tajribangizni boshqalar bilan bo‘lishing, yangi g‘oyalarni kashf eting va Markaziy Osiyoda TESOL kelajagini shakllantirayotgan professional hamjamiyatning bir qismiga aylaning.

🔗 Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting!
Post #1105 25.9K

Forwarded from Oliygoh.uz | rasmiy

⚡️ Nodavlat oliygohlarda ham davlat granti asosida o‘qish mumkinmi?

➖ Nodavlat va xorijiy oliygohlarda ham davlat granti asosida o‘qish mumkin. Grant olish shartlari, yuqori ball talabi va bitirgandan keyin ishlab berish majburiyati haqida batafsil ma’lumot.

📝 Batafsil ma'lumot: oliygoh.uz/l9e

🎓 Oliygoh.uz rasmiy kanali:

👉 @OLIYGOH_GRANTLAR
Post #1103 29.7K
Toshkent shahridagi Vebster universitetida kechgi kuzgi qabul davom etmoqda!

🎓 Universitetning Psixologiya dasturi orqali inson xulq-atvori va ongini ilmiy nuqtai nazardan o‘rganing hamda kelajakdagi professional faoliyatingiz uchun mustahkam bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ling.

📚 Kognitiv rivojlanish va ijtimoiy psixologiya
🧠 Klinik va maslahat psixologiyasi asoslari
🌍 Xalqaro ta’lim muhiti
🇺🇸 To‘liq ingliz tilidagi Amerika ta’limi

💙 Bu shunchaki insonlarni tushunish haqida emas, balki ular bilan ishlash, tadqiq qilish va real hayotdagi muammolarga professional yondashishni o‘rganish haqida.

📩 Kelajagingizni Webster bilan quring.

🔗 Hoziroq ARIZA TOPSHIRING
Post #1102 32K
❗️Kontrakt toʻlovlarini amalga oshirish muddati 15-oktyabrgacha uzaytirildi

2026/2027-oʻquv yili uchun oliy taʼlim tashkilotlarida kontrakt toʻlovlarini amalga oshirish va talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirish muddati 15-oktyabrga qadar (shu kuni ham) uzaytirildi.

Bu muddat:

➖bakalavriat va magistraturaga oʻqishga tavsiya etilgan abituriyentlar;
➖oʻqishi koʻchirilgan yoki koʻchirib tiklangan talabalar;
➖oʻqishga qayta tiklangan talabalarga taalluqli.

15-oktyabrga qadar bazaviy toʻlov-kontrakt boʻyicha yillik qiymatning kamida 25 foizi, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt boʻyicha esa kamida 50 foizi toʻlanishi lozim.

🎓 Oliygoh.uz rasmiy kanali:

👉
@OLIYGOH_GRANTLAR
Post #1101 30.6K
🎓 Talabalar va ustozlar uchun katta imkoniyat — TESOL Conference 2026!

Ingliz tilini o‘qitishdagi yangi metodlar, zamonaviy tadqiqotlar va xalqaro tajribalarni o‘rganishni istaysizmi? Unda ikki kunlik TESOL Conference 2026 konferensiyasiga qo‘shiling!

📅 17–18-oktabr, 2026
📍 Webster University in Tashkent

Konferensiyada siz:
✅ tajribali mahalliy va xalqaro mutaxassislarni tinglaysiz;
✅ yangi o‘qitish usullari va g‘oyalarini o‘rganasiz;
✅ ELT hamjamiyati bilan professional aloqalar o‘rnatasiz;
✅ o‘z tajribangiz yoki tadqiqotingiz bilan spiker sifatida qatnashishingiz mumkin.

👩‍🏫 Ustozlar, tadqiqotchilar va talabalar — barchangizni kutamiz!


🔗 Ishtirokchi sifatida ro‘yxatdan o‘tish:
https://tesolconferences.org/webster2026

📝 Taqdimot taklifini yuborish:
https://tesolconferences.org/webster2026/proposals

🎥 Taklifni qanday tayyorlash bo‘yicha video:
https://www.youtube.com/watch?v=TzLMMTzPsg4

📲 Yangiliklarni kuzatib boring:
https://www.instagram.com/wuttesol/

Bilim oling, tajriba almashing va TESOL hamjamiyatining bir qismiga aylaning! 🌍
Post #1100 31.7K
💰 Talaba bo‘ling va 4 750 000 so‘mgacha chegirmaga ega bo‘ling!

Oliygoh tanlashda nafaqat ta’lim sifatiga, balki moliyaviy imkoniyatlarga ham e’tibor berasizmi? U holda Toshkent amaliy fanlar universiteti (TAFU) siz uchun!

Hujjatlar 25-sentabrgacha qabul qilinadi. Yotoqxona masalasi ham tayyor! Viloyatdan keladigan talabalar uchun shinam yotoqxonada joylar bor. Biroq joylar cheklangan va faqat shartnoma qilib, o‘rnini rasman band etganlar uchun ajratiladi.

🚀 Imtihondan o‘tib bo‘ldingizmi? Unda shoshiling, hujjatlarni tezroq rasmiylashtiring va chegirmali talabalar safiga qo‘shiling!

👉 Onlayn imtihon va ro‘yxatdan o‘tish: www.utas.uz

Oliygoh.uz rasmiy kanali:

👉 @OLIYGOH_GRANTLAR
Post #1098 37.5K
Diplomatiya, Iqtisodiyot, Milliy Universitetlariga 4 yillik grant bilan kirishni istaysizmi? | Unda jonli efirni o'tkazib yubormang.

2026-yilda o'quvchilari Diplomatiya, Iqtisodiyot va boshqa eng yaxshi o'zbek Universitetlariga to'liq grant ni naqd qilib kirgan ustoz tomonidan SAT 1500+ uchun qanday tayyorlanish bo'yicha master class

🗓 13-Sentabr, yakshanba, 20:00
📍 Yorqinbek Zafarovich telegram kanali

Qatnashgan o'quvchilar SAT 1500+ uchun kafolatlangan guruhlarga super chegirmalar olishadi! O'tkazib yubormang
Older posts →

About this channel

How can I read @oliygoh_grantlar without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Oliygoh.uz | rasmiy: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Oliygoh.uz | rasmiy have?
Oliygoh.uz | rasmiy (@oliygoh_grantlar) has 137K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Oliygoh.uz | rasmiy know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →