TGViewer
Edu.uz Edu.uz @eduuz · 144K subscribers
Post #52531 37.1K
#Qabul2026 #Qoraqalpoq_yoshlari #Natija

❗️Qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun muhim yangilik!

Qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha 6 500 ta qabul parametri bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi


Qoraqalpog‘iston Respublikasidan 6 500 nafar abituriyentning hududlardagi davlat oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga to‘lov-kontrakt asosida qo‘shimcha qabul parametrlari bo‘yicha o‘qishga qabul natijalari e’lon qilindi.

Mazkur qo‘shimcha qabul parametrlari davlat oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga abituriyent sifatida ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxatdan o‘tish davrida doimiy yashash hududi Qoraqalpog‘iston bo‘lgan hamda shu yerdagi umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasbiy ta’lim tashkilotlarini tamomlagan, kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra 56,7 ball va undan yuqori ball to‘plagan, biroq talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar hisobidan shakllantirildi.

Bunda abituriyentlarning to‘plagan ballari ketma-ketligiga qat’iy rioya qilindi.

Tanlov natijalari bo‘yicha qaydnomalar tegishli oliy ta’lim tashkilotlariga belgilangan tartibda rasmiylashtirish uchun yuboriladi.

Abituriyentlar natijalarini my.uzbmb.uz orqali shaxsiy kabinetdan yoki mandat.uzbmb.uz orqali ID raqamini kiritgan holda bilishlari mumkin.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
  • ❤ 20
  • 👍 7
More from @eduuz
  1. Oct 1, 2026Diqqat! Vazir nomidan soxta xabarlar yuborilmoqda Telegram ijtimoiy tarmogʻi orqali Oliy t…
  2. Oct 1, 2026#yangi_sahifa 21–26-sentyabr kunlari Yoshlar ishlari agentligining "WikiMarafon" loyihasi…
  3. Oct 1, 2026Janubiy Koreyaning “AHA” kompaniyasi Farg‘ona davlat texnika universitetining 11 nafar tal…
  4. Oct 1, 2026Ilk bor “MinGeoMod – 2026” xalqaro olimpiadasi o‘tkazildi Toshkent viloyati Bo‘stonliq tum…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →