Janubiy Koreyaning “AHA” kompaniyasi Farg‘ona davlat texnika universitetining 11 nafar talabasiga grant ajratdi
Ta'lim muassasaga Janubiy Koreyaning “AHA” kompaniyasi rahbari Ku Gi Do tashrif buyurdi. Universitet rektori, professor Rustam Tojiyev bilan uchrashuvda ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirish, talabalarni amaliyotga jalb etish hamda bandligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv davomida “AHA” kompaniyasi tomonidan FDTUning 11 nafar talabasi uchun grantlar ajratildi. Shuningdek, kompaniyaning Farg‘ona shahridagi Eko shahar hududida tashkil etilgan yangi korxonasida universitet talabalarini amaliyot va ish faoliyatiga jalb etish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Tomonlar kelgusida hamkorlikni yangi loyihalar bilan kengaytirishga kelishib oldilar.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Post #52512
8.24K





