TGViewer
Edu.uz Edu.uz @eduuz · 144K subscribers
Post #52505 6.26K
Ilk bor “MinGeoMod – 2026” xalqaro olimpiadasi o‘tkazildi

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi “Geolog” oromgohida kon-geologiya sohasida modellashtirish bo‘yicha “MinGeoMod – 2026” Toshkent xalqaro olimpiadasi bo‘lib o‘tdi.

Markaziy Osiyoda ilk bor tashkil etilgani bilan ahamiyatli musobaqaga Geologiya fanlari universiteti mezbonlik qildi.

Olimpiadada O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston va Tojikistonning yetakchi oliy ta’lim tashkilotlari jamoalari ishtirok etib, kon-geologiya ma’lumotlarini modellashtirish, geologik, karkasli va blokli modellar yaratish hamda foydali qazilmalar zaxirasini baholash bo‘yicha bilim va amaliy ko‘nikmalarini namoyish etdilar.

Ikki kunlik bahslar yakunida sovrinli o‘rinlar taqsimoti quyidagi ko‘rinishni hosil qildi:
🥇 1-o‘rin — MISIS Fan va texnologiyalar universitetining Olmaliq filiali;
🥈 2-o‘rin — Nazarbayev universiteti (Qozog‘iston);
🥉 3-o‘rin — Geologiya fanlari universiteti.

“MinGeoMod – 2026” nafaqat yosh mutaxassislarning bilim va mahoratini sinovdan o‘tkazgan xalqaro maydon, balki O‘zbekistonni kon-geologiya sohasidagi zamonaviy modellashtirish yo‘nalishida xalqaro hamkorlik va professional muloqot markazlaridan biriga aylantirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.

Batafsil...

#mingeo #GFU #Micromine

👉На руском
👉In English

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
  • ❤ 11
  • 👍 2
More from @eduuz
  1. Oct 1, 2026#Qabul2026 #Qoraqalpoq_yoshlari #Natija ❗️Qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun muhim y…
  2. Oct 1, 2026Diqqat! Vazir nomidan soxta xabarlar yuborilmoqda Telegram ijtimoiy tarmogʻi orqali Oliy t…
  3. Oct 1, 2026#yangi_sahifa 21–26-sentyabr kunlari Yoshlar ishlari agentligining "WikiMarafon" loyihasi…
  4. Oct 1, 2026Janubiy Koreyaning “AHA” kompaniyasi Farg‘ona davlat texnika universitetining 11 nafar tal…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →