TGViewer
Farg‘ona davlat texnika universiteti rasmiy kanali | Matbuot xizmati Farg‘ona davlat texnika universiteti rasmiy kanali | Matbuot xizmati @fstu_uz · 12.1K subscribers
Post #23662 1.9K
#Xalqaro_hamkorlik

Farg‘ona davlat texnika universitetiga Janubiy Koreyaning “AHA” kompaniyasi rahbari Ku Gi Do tashrif buyurdi.


🔹Janubiy Koreyaning “AHA” kompaniyasi rahbari Ku Gi Do universitet rektori, professor Rustam Tojiyev bilan uchrashib, ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish hamda talabalar uchun yangi imkoniyatlar yaratish masalalarini muhokama qildi.

🖇Uchrashuv davomida “AHA” kompaniyasi tomonidan FDTUning 11 nafar talabasi uchun grantlar ajratildi. Shuningdek, talabalarni amaliyotga jalb etish, kelgusida ish bilan ta’minlash va ularning zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlarida tajriba orttirishi bo‘yicha fikr almashildi.

✨ “AHA” kompaniyasi Farg‘ona shahri Eko shahar hududida o‘zining navbatdagi korxonasini tashkil etib, uni ishga tushirdi. Kompaniya rahbari ushbu korxonada Farg‘ona davlat texnika universiteti talabalarini ham ishga taklif etdi. Bu imkoniyat talabalar uchun o‘z mutaxassisligi bo‘yicha amaliy tajriba orttirish, zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlarida ishtirok etish hamda kelgusida doimiy ish bilan ta’minlanishiga zamin yaratadi.

O‘z navbatida, universitet rektori professor Rustam Tojiyev bildirilgan ishonch, talabalarni qo‘llab-quvvatlash va ular uchun yaratilayotgan yangi imkoniyatlar uchun kompaniya rahbariga alohida minnatdorlik bildirdi.

Tomonlar kelgusida hamkorlikni yangi loyihalar bilan boyitish, talabalar uchun amaliy imkoniyatlarni kengaytirish va universitet-sanoat aloqalarini yanada mustahkamlashga kelishib oldilar.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook |Web sayt
  • 👍 3
More from @fstu_uz
  1. Oct 1, 2026#Fotoreportaj No comment Photo by Abdulhamid Muqimov Bizni kuzating Telegram | Instagram |…
  2. Oct 1, 2026Janubiy Koreyaning “AHA” kompaniyasi Farg‘ona davlat texnika universitetining 11 nafar tal…
  3. Oct 1, 2026#Tabrik Aziz ustoz va murabbiylar! ✨Sizlarni 1-oktabr – Ustoz va murabbiylar kuni bilan ch…
  4. Sep 30, 2026#Ustoz_va_murabbiylar_bayrami Farg‘ona davlat texnika universiteti professor-o‘qituvchilar…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →