TGViewer
Farg‘ona davlat texnika universiteti rasmiy kanali | Matbuot xizmati Farg‘ona davlat texnika universiteti rasmiy kanali | Matbuot xizmati @fstu_uz · 12.1K subscribers
Post #23712 2.07K
#Ustoz_va_murabbiylar_bayrami

Farg‘ona davlat texnika universiteti professor-o‘qituvchilari uchun “Visol” tantanalar saroyida bayram dasturi tashkil etildi


🔹Tadbir avvalida Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori, professor Rustam Tojiyev universitet professor-o‘qituvchilarini kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etdi. Ustozlik kasbining jamiyat taraqqiyoti va yosh avlod kamolotidagi beqiyos o‘rniga alohida to‘xtalib, barcha pedagoglarga sharafli va mas’uliyatli faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.

🖇️Shuningdek, bayram tadbirida Janubiy Koreyaning “AHA” kompaniyasi rahbari Ku Gi Do ham ishtirok etib, universitet professor-o‘qituvchilarini Ustoz va murabbiylar kuni bilan samimiy qutladi.

✨Bayram dasturi doirasida universitetning ta’lim va ilmiy faoliyatida samarali mehnat qilib kelayotgan professor-o‘qituvchilarni munosib taqdirlash marosimi ham o‘tkazildi. Jumladan, oliygohimizning 10 nafar professor-o‘qituvchisi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining “Oliy ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Shuningdek, universitetimizning eng faol 14 nafar professor-o‘qituvchisiga Farg‘ona viloyati hokimining Faxriy yorliqlari tantanali ravishda topshirildi. Universitet rektori, professor Rustam Tojiyev taqdirlangan ustozlarni samimiy muborakbod etib, ularga esdalik sovg‘alarini topshirdi hamda kelgusidagi pedagogik va ilmiy faoliyatlarida yangi yutuqlar tiladi.

Bayram dasturi davomida xushovoz xonandalarning dilrabo taronalari yangrab, ustozlarga ko‘tarinki kayfiyat va unutilmas taassurotlar ulashdi.

Jarayondan fotolavhalar

Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook |Web sayt
  • 👍 8
  • ❤ 3
  • 👏 2
  • 🔥 1
  • 🎉 1
More from @fstu_uz
  1. Oct 2, 2026#Ustoz_va_murabbiylar_bayrami #Videolavha Farg‘ona davlat texnika universiteti professor-o…
  2. Oct 2, 2026#IT_QUEENS “IT QUEENS – KELAJAKNI YARATUVCHI QIZLAR” TANLOVINING UNIVERSITET BOSQICHI G‘OL…
  3. Oct 2, 2026#Taqdirlash #Tabrik Farg‘ona davlat texnika universiteti vakillari “Oliy ta’lim a’lochisi”…
  4. Oct 2, 2026#Xalqaro_hamkorlik Germaniyaning Tyuringiya federal yeri iqtisodiy rivojlanish agentligi —…
  5. Oct 2, 2026Senat 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nisbatan jinsiy jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan ma…
  6. Oct 2, 2026#Qonunchilik_yangiliklari ❗️Reytingda eng yuqori natija ko‘rsatgan 3 tadan OTT va korxona…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →