TGViewer
Farg‘ona davlat texnika universiteti rasmiy kanali | Matbuot xizmati Farg‘ona davlat texnika universiteti rasmiy kanali | Matbuot xizmati @fstu_uz · 12.1K subscribers
Post #23747 2.11K
#IT_QUEENS

“IT QUEENS – KELAJAKNI YARATUVCHI QIZLAR” TANLOVINING UNIVERSITET BOSQICHI G‘OLIBLARI ANIQLANDI

Farg‘ona davlat texnika universitetida “IT Queens – Kelajakni yaratuvchi qizlar” innovatsion tanlovining universitet bosqichi bo‘lib o‘tdi.


🔹Tanlovda talaba-qizlar “Kiberxavfsizlik”, “Dasturiy ta’minot” va “Veb-ishlanmalar” yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z innovatsion loyihalarini taqdimot va amaliy namoyish orqali himoya qilishdi. Ishtirokchilarning ishlanmalari belgilangan mezonlar asosida 100 ballik tizimda baholandi.

📌 “Kiberxavfsizlik” yo‘nalishi:

1-o‘rin — Kenjayeva Nodirabegim Axmadjonovna — “Temur AI” loyihasi;

2-o‘rin — Abdurafiqova Xushnoza Sherzod qizi — “Ovoz himoya” loyihasi;

3-o‘rin — Rasuljonova Farangizxon G‘ulomjon qizi — “Cyber nematode” loyihasi.

📌 “Dasturiy ta’minot” yo‘nalishi:

1-o‘rin — Valiyeva Gulasal Nabijon qizi — “Yotoqxonam” loyihasi;

2-o‘rin — Ikromova Mohinur Sherzodjon qizi — “ShifoTop” loyihasi;

3-o‘rin — Karimoxunova Mubinabonu Xasanboy qizi — “Har bir qadam — yashil energiyaga hissa!” loyihasi.

📌 “Veb-ishlanmalar” yo‘nalishi:

1-o‘rin — Jo‘raboyeva Umida Zafar qizi — “Dermo Qo‘l” loyihasi;

2-o‘rin — Valiyeva Muxlisa Mardonali qizi — “Smart Fergana 3D” loyihasi;

3-o‘rin — Qurbonova Xikmatxon Sharifjon qizi — “GOMER” loyihasi.

✨Tanlov yakunlariga ko‘ra, 1-o‘rin sohibalarining loyihalarini bazaviy stipendiyaning 6 baravari, 2-o‘rin sohibalarini 4 baravari, 3-o‘rin sohibalarini esa 2 baravari miqdorida moliyalashtirish belgilandi.

Shuningdek, g‘oliblarni diplom bilan taqdirlash hamda tanlovning keyingi bosqichida ishtirok etishlari uchun zarur hujjat va loyiha materiallarini tayyorlash ko‘zda tutilgan.

G‘olib va sovrindorlarni muborakbod etamiz! Talaba-qizlarimizga kelgusidagi innovatsion loyihalarida muvaffaqiyat tilaymiz!

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | Web sayt
  • ❤ 2
  • 👍 2
More from @fstu_uz
  1. Oct 2, 2026#Ustoz_va_murabbiylar_bayrami #Videolavha Farg‘ona davlat texnika universiteti professor-o…
  2. Oct 2, 2026#Taqdirlash #Tabrik Farg‘ona davlat texnika universiteti vakillari “Oliy ta’lim a’lochisi”…
  3. Oct 2, 2026#Xalqaro_hamkorlik Germaniyaning Tyuringiya federal yeri iqtisodiy rivojlanish agentligi —…
  4. Oct 2, 2026Senat 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nisbatan jinsiy jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan ma…
  5. Oct 2, 2026#Qonunchilik_yangiliklari ❗️Reytingda eng yuqori natija ko‘rsatgan 3 tadan OTT va korxona…
  6. Oct 2, 2026#Qonunchilik_yangiliklari Dual taʼlim shaklida tahsil olayotgan talabalar qoʻllab-quvvatla…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →