TGViewer
Farg‘ona davlat texnika universiteti rasmiy kanali | Matbuot xizmati Farg‘ona davlat texnika universiteti rasmiy kanali | Matbuot xizmati @fstu_uz · 12.1K subscribers
Post #23740 1.2K
#Xalqaro_hamkorlik

Germaniyaning Tyuringiya federal yeri iqtisodiy rivojlanish agentligi — LEG Thüringen qoshidagi Tyuringiya xalqaro aloqalar tashkilotining Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha loyiha rahbari Irina Xess boshchiligidagi delegatsiya Farg‘ona davlat texnika universitetiga tashrif buyurdi.


🔹Tashrif doirasida universitet vakillari bilan kelgusidagi hamkorlik istiqbollariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Sh.Xamdamova, ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Sh.Davlyatov, Mexanika va yengil sanoat muhandisligi fakulteti dekani R.Mirsharipov, Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i N.Ismailov ishtirok etdi.

🖇Uchrashuvda universitet va Tyuringiya federal yeri o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati, uni yanada rivojlantirish istiqbollari hamda yengil sanoat muhandisligi yo‘nalishidagi amaliy loyihalar muhokama qilindi.

Xususan, tomonlar quyidagi istiqbolli yo‘nalishlarda hamkorlik qilish bo‘yicha kelishib oldilar:

🔹 yong‘inga bardoshli matolar yaratish;
🔹 hasharotlarga bardoshli materiallar ishlab chiqish;
🔹 eski kiyimlarni qayta ishlash texnologiyalarini rivojlantirish;
🔹 kanop o‘simligidan ip olish va undan zamonaviy to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish


Mazkur yo‘nalishlarda zamonaviy texnologiyalar va ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish, ilmiy-tadqiqot ishlarini yo‘lga qo‘yish hamda ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.

✨Shuningdek, yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish, talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun akademik va amaliy imkoniyatlarni kengaytirish masalalari hamda Tyuringiya kompaniyalari bilan universitet o‘rtasida amaliy aloqalarni yo‘lga qo‘yish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv yakunida o‘zaro tashriflar va muloqotlarni faollashtirish, istiqbolli yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish hamda yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishib olindi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook |Web sayt
  • ❤ 1
More from @fstu_uz
  1. Oct 2, 2026#Ustoz_va_murabbiylar_bayrami #Videolavha Farg‘ona davlat texnika universiteti professor-o…
  2. Oct 2, 2026#IT_QUEENS “IT QUEENS – KELAJAKNI YARATUVCHI QIZLAR” TANLOVINING UNIVERSITET BOSQICHI G‘OL…
  3. Oct 2, 2026#Taqdirlash #Tabrik Farg‘ona davlat texnika universiteti vakillari “Oliy ta’lim a’lochisi”…
  4. Oct 2, 2026Senat 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nisbatan jinsiy jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan ma…
  5. Oct 2, 2026#Qonunchilik_yangiliklari ❗️Reytingda eng yuqori natija ko‘rsatgan 3 tadan OTT va korxona…
  6. Oct 2, 2026#Qonunchilik_yangiliklari Dual taʼlim shaklida tahsil olayotgan talabalar qoʻllab-quvvatla…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →