#Abituriyent2026
#Qabul2026
📣 DIQQAT, EʼLON!
📝 2026/2027-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘tkazilgan kirish imtihonlarida 68,0 va undan yuqori ball to‘plab, kunduzgi ta’lim shakliga to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan Qoraqalpog‘iston Respublikasida doimiy yashaydigan hamda umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasbiy ta’lim tashkilotlarini mazkur hududda tamomlagan abituriyentlar uchun 2026-yil 2-6-oktyabr kunlari yuqoridagi maqsadli qabul parametrlariga muvofiq tanlovda (talabalikka tavsiya etilgan oliy ta’lim tashkiloti va ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha) ishtirok etishi yuzasidan ro‘yxatdan o‘tish imkoniyati yaratildi.
💼 Nomzodlar my.uzbmb.uz orqali shaxsiy kabinetidan maqsadli tanlovda ishtirok etishga rozi ekanligini bildirib ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.
📝 Ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarning o‘tkazilgan kirish imtihonlari natijasiga ko‘ra, to‘plagan ballari ketma-ketligiga qat’iy rioya qilgan holda maqsadli qabul parametrlariga oid tanlov qaydnomalari chop etilib, belgilangan tartibda rasmiylashtirish uchun 2026-yil 10-oktyabrga qadar tegishli oliy ta’lim tashkilotlariga yetkaziladi.
✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Post #11963
68.1K