🟦🟦🟦
🏆 Ilmiy-o‘quv amaliy markazi — “Jonajon o‘zbek tilim!” tanlovi g‘olibi!
🇺🇿 O‘zbek tilini xalqaro miqyosda targ‘ib etish yo‘lidagi sa’y-harakatlar yuksak e’tirof etildi!
2026-yil 9-oktabr kuni O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida bo‘lib o‘tgan “Jonajon o‘zbek tilim!” tanlovida Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi “O‘zbek tilini xalqaro miqyosda ommalashtirishga xizmat qilayotgan eng yaxshi amaliy ish” yo‘nalishida g‘olib deb topildi!
🎉 Ushbu e’tirof — o‘zbek tilining xalqaro nufuzini oshirish va uning dunyo miqyosidagi qo‘llanish doirasini kengaytirish yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlarning munosib natijasidir.
🔰 Markaz tomonidan o‘zbek tilini xorijiy mamlakatlarda keng targ‘ib qilish, chet el fuqarolarining tilni o‘rganishiga ko‘maklashish hamda ularning o‘zbek tilini bilish darajasini rasman tasdiqlash imkoniyatlarini yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
🖥 Bu boradagi muhim qadamlardan biri — “O‘zbek tilini bilish darajasini aniqlash imtihoni” (Uzbek Language Proficiency Test) tizimining joriy etilishidir. Mazkur tizim xorijiy fuqarolarning o‘zbek tilini bilish ko‘nikmalarini baholash, tilni o‘rganish natijalarini xolis aniqlash va tegishli malaka sertifikatini olish imkoniyatini yaratishga xizmat qilmoqda.
🌍 O‘zbek tilining xalqaro miqyosdagi nufuzini yuksaltirish, uni dunyo bo‘ylab keng targ‘ib etish va o‘rganish imkoniyatlarini kengaytirish yo‘lidagi ishlar izchil davom ettiriladi!
✅ Ilmiy-o‘quv amaliy markazning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | YouTube
Post #12044
35K
Forwarded from Ilmiy-o‘quv amaliy markazi

