TGViewer
Channel Public Channel
Ilmiy-o‘quv amaliy markazi

Ilmiy-o‘quv amaliy markazi

@ilmiymarkazuz

Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi
Subscribers
11.2K
Photos
740
Videos
42
Links
567
Recent Posts 8 shown
Post #1102 1.21K

Forwarded from Bilimni baholash agentligi

✍️ Agentlik delegatsiyasi xalqaro kongressning navbatdagi kunida ishtirok etdi

📆 7-oktyabr kuni Turkiyaning Denizli shahridagi Pamukkale universitetida o‘tkazilayotgan Ta’lim va psixologiyada o‘lchash va baholash bo‘yicha X xalqaro kongressi (CMEEP 2026) doirasidagi tadbirlarda Agentlik delegatsiyasi ishtirok etmoqda.

👥 Kongressning navbatdagi kunida ta’limdagi o‘lchash va baholashning zamonaviy yondashuvlari, kasbiy ko‘nikmalarni baholash hamda baholash tizimlarini takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan ma’ruzalar va parallel sessiyalar tashkil etilmoqda.

☑️Shuningdek, kunning muhim tadbirlaridan biri — “Turkiy davlatlarning o‘lchash va baholash markazlarining uchrashuvi” mavzusidagi panel sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda turkiy davlatlarning baholash tashkilotlari vakillari ishtirokida o‘lchash va baholash sohasidagi tajriba almashinuvi, amaliyotda qo‘llanilayotgan zamonaviy yondashuvlar hamda hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

❗️Mazkur sessiyada Agentlikning mamlakatimizda ta’limni baholash tizimini takomillashtirish, test topshiriqlarini ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazish, zamonaviy psixometrik yondashuvlarni joriy etish, baholash jarayonlarini raqamlashtirish hamda xalqaro standartlarga uyg‘unlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlari yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.

✴️Tadbir doirasida turkiy davlatlarning baholash tashkilotlari o‘rtasida tajriba almashish, ilg‘or amaliyotlarni o‘rganish va kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlarini belgilashga alohida e’tibor qaratildi.

✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Post #1101 36.3K
▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️

📣 DIQQAT! E'LON!


🏢 Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan iTEP hamda At-tanal Al-Arabi imtihonlari tashkil etilmoqda

🗓 iTEP hamda At-tanal Al-Arabi imtihonlari 4-noyabr sanasida bo‘lib o‘tadi

📱 Ro‘yxatdan o‘tish:
🔗 https://registration.ilmiymarkaz.uz/
⚠️ Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 2026-yil 2-noyabr soat 9:00 ga qadar

📍 Imtihon ushbu hududlar da tashkil etiladi:
 
🔸 Toshkent shahri
🔸 Namangan viloyati
🔸 Samarqand viloyati

☎️ Murojaat uchun:
🔹
(95) 515-68-68

✔️ Ilmiy-o‘quv amaliy markazning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | YouTube
Post #1096 78.9K
🇺🇿 O'zbek tilini xorijiy til sifatida bilish darajasini baholash va sertifikatlash uchun test sinovi tashkil etildi

🏢 Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan 2026-yil 2-oktabr kuni “Uzbek language proficiency examination for foreign citizens” elektron platformada o‘zbek tili bo‘yicha malaka sertifikati imtihoni tashkil etildi.

🌍 Mazkur imtihonda qo‘shni davlatlardan O‘zbekistonga kelib ta’lim olayotgan talabalar ishtirok etdilar.

🖥 Imtihon onlayn shaklda, CEFR mezonlari asosida A1, A2 va B1 darajalarda o‘tkazilib, ishtirokchilarning quyidagi ko‘nikmalari CEFR mezonlari asosida baholanadi:

🔸 Tinglab tushunish
🔸 O‘qish
🔸 Yozish
🔸 Gapirish

🔰 Imtihonning asosiy maqsadi — ishtirokchilarning o‘zbek tilini bilish darajasini xalqaro mezonlar asosida aniqlash hamda ularning til ko‘nikmalarini xolis va shaffof baholashdan iborat.

✔️ Ilmiy-o‘quv amaliy markazning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | YouTube
Post #1095 4.15K

Forwarded from Bilimni baholash agentligi

#Rasmiy_munosabat

RASMIY MUNOSABAT

So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda sertifikatlash tizimidagi imtihonlar uchun ro‘yxatdan o‘tishda belgilangan limitlar yuzasidan turli fikr va mulohazalar bildirilmoqda. Mazkur masala yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz:

Ma’lumki, sertifikat imtihonlariga tashkiliy jihatdan sifatli, benuqson tayyorgarlik ko‘rish, o‘tkazishda adolat, shaffoflik va talabgorlar uchun yetarli shart-sharoit yaratish, natijalarni belgilangan muddatlarda e’lon qilishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-iyuldagi 411-son qarori bilan «Umumta’lim fanlarini bilish darajasini aniqlash va sertifikat berish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan.

Aynan mazkur o‘zgartirishlarga muvofiq, test sinovlarini o‘tkazish joyi, muayyan hududlar bo‘yicha o‘tirish o‘rinlari soni hamda imtihon sanalari belgilanadi.

Shundan kelib chiqqan holda 2026-yilning ikkinchi yarmi uchun, ya’ni sentyabr oyida 125 753 ta, oktyabr oyida 129 535 ta, noyabr oyida 112 335 ta va dekabr oyida 128 680 ta, jami 496 303 ta o‘tirish o‘rni belgilangan.

Shu bilan birga, milliy sertifikat imtihonlarini o‘tkazish davriyligi ham-oshirilmoqda. Xususan, 2026-yil sentyabr-dekabr oylarida matematika, kimyo, geografiya, biologiya, fizika, ona tili va adabiyot hamda tarix fanlaridan 2 martadan, huquqshunoslik fanidan 1 marta, jami 15 ta imtihon o‘tkazilishi rejalashtirilgan (2025-yil sentyabr-dekabr oylarida jami 11 ta imtihon o‘tkazilgan bo‘lib, ularda 255 217 nafar talabgor ishtirok etgan).

Hududlar kesimida o‘tirish o‘rinlarini belgilash talabgorlarning imtihonda ishtirok etishini cheklash, to‘lovlarni kamaytirish yoki yuqori natija ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan talabgorlar sonini sun’iy ravishda qisqartirish maqsadini ko‘zlamaydi. Mazkur tartibning maqsadi mavjud infratuzilma, texnik vositalar, xodimlar va nazorat resurslaridan oqilona foydalangan holda imtihonlarni barqaror va sifatli tashkil etish, hududlar bo‘yicha yuklamani maqbul taqsimlash hamda natijalarni belgilangan muddatlarda e’lon qilishni ta’minlashdan iboratdir.

✅Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Post #1094 4.62K

Forwarded from Ilmiy-o‘quv amaliy markazi

🎓 Toshkent shahrida ilk bor — College Board SAT | AP Day xalqaro tadbiri!

Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi hamda College Board hamkorligida 2026-yil 12-oktabr kuni College Board SAT | AP Day xalqaro tadbiri bo‘lib o‘tadi.

🤝 Tadbir davomida:
✅ SAT va AP dasturlarining imkoniyatlari;
✅ xalqaro universitetlarga qabul jarayonidagi zamonaviy yondashuvlar;
✅ ta'lim sohasidagi ilg‘or tajribalar hamda xalqaro ekspertlar bilan professional muloqot masalalari muhokama qilinadi.

📅 Sana: 12-oktabr, 2026-yil
🕘 Vaqti: 09:00
📍 Manzil: Azimut Grand Hotel, Toshkent

📝 Ishtirok etish uchun oldindan ro‘yxatdan o‘ting:  https://shorturl.at/MFfKM

💪 Nufuzli xalqaro tadbirda ishtirok etish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

✔️ Ilmiy-o‘quv amaliy markazning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | YouTube
Post #1093 64K
▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️

📣 DIQQAT! E'LON!


🏢 Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan iTEP hamda At-tanal Al-Arabi imtihonlari tashkil etilmoqda

🗓 iTEP hamda At-tanal Al-Arabi imtihonlari 15-oktabr sanasida bo‘lib o‘tadi

🗓 Ro‘yxatdan o‘tish:
🔗 https://registration.ilmiymarkaz.uz/
⚠️ Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 2026-yil 13-oktabr soat 9:00 ga qadar

📍 Imtihon : Toshkent shahrida

☎️ Murojaat uchun:
🔹
(95) 515-68-68

✔️ Ilmiy-o‘quv amaliy markazning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | YouTube
Post #1092 62.4K
The Scientific-Educational Practical Center is pleased to announce the launch of the Uzbek language proficiency examination for foreign citizens.

The examination is conducted for the following proficiency levels: A1, A2, and B1, providing candidates with the opportunity to officially confirm their level of Uzbek language competence in accordance with approved standards.

📝 Registration is now open and will continue until September 28
🗓 Examination date: September 30
🕙 Time: 10:00 AM

📝 Registration is now open and will continue until  October 13
🗓 Examination date:  October 15
🕙 Time: 10:00 AM

Applicants must complete their registration online via the official platform: uzpro.uzbmb.uz
We encourage all interested candidates to register within the deadline and take advantage of this opportunity to obtain an officially recognized Uzbek language proficiency certificate.

✔️ Official Pages of the Scientific and Educational Practical Center:
Telegram | Instagram | YouTube
Post #1085 5.46K

Forwarded from Bilimni baholash agentligi

#Prezident_tashrifi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Koreya Respublikasiga davlat tashrifi doirasidagi tadbirlar yurt ozodligi va mustaqilligi yoʻlida jon fido qilgan vatanparvarlar xotirasiga ehtirom koʻrsatishdan boshlandi.

Davlatimiz rahbari rafiqasi bilan birga Seuldagi Milliy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurib, Xotira ustuni poyiga gulchambar qoʻydi hamda Faxriy mehmonlar kitobida qayd yozib qoldirdi.

✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Older posts →

About this channel

How can I read @ilmiymarkazuz without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Ilmiy-o‘quv amaliy markazi: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Ilmiy-o‘quv amaliy markazi have?
Ilmiy-o‘quv amaliy markazi (@ilmiymarkazuz) has 11.2K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Ilmiy-o‘quv amaliy markazi know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →