TGViewer
Ilmiy-o‘quv amaliy markazi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi @ilmiymarkazuz · 11.2K subscribers
Post #1095 4.23K

Forwarded from Bilimni baholash agentligi

#Rasmiy_munosabat

RASMIY MUNOSABAT

So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda sertifikatlash tizimidagi imtihonlar uchun ro‘yxatdan o‘tishda belgilangan limitlar yuzasidan turli fikr va mulohazalar bildirilmoqda. Mazkur masala yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz:

Ma’lumki, sertifikat imtihonlariga tashkiliy jihatdan sifatli, benuqson tayyorgarlik ko‘rish, o‘tkazishda adolat, shaffoflik va talabgorlar uchun yetarli shart-sharoit yaratish, natijalarni belgilangan muddatlarda e’lon qilishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-iyuldagi 411-son qarori bilan «Umumta’lim fanlarini bilish darajasini aniqlash va sertifikat berish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan.

Aynan mazkur o‘zgartirishlarga muvofiq, test sinovlarini o‘tkazish joyi, muayyan hududlar bo‘yicha o‘tirish o‘rinlari soni hamda imtihon sanalari belgilanadi.

Shundan kelib chiqqan holda 2026-yilning ikkinchi yarmi uchun, ya’ni sentyabr oyida 125 753 ta, oktyabr oyida 129 535 ta, noyabr oyida 112 335 ta va dekabr oyida 128 680 ta, jami 496 303 ta o‘tirish o‘rni belgilangan.

Shu bilan birga, milliy sertifikat imtihonlarini o‘tkazish davriyligi ham-oshirilmoqda. Xususan, 2026-yil sentyabr-dekabr oylarida matematika, kimyo, geografiya, biologiya, fizika, ona tili va adabiyot hamda tarix fanlaridan 2 martadan, huquqshunoslik fanidan 1 marta, jami 15 ta imtihon o‘tkazilishi rejalashtirilgan (2025-yil sentyabr-dekabr oylarida jami 11 ta imtihon o‘tkazilgan bo‘lib, ularda 255 217 nafar talabgor ishtirok etgan).

Hududlar kesimida o‘tirish o‘rinlarini belgilash talabgorlarning imtihonda ishtirok etishini cheklash, to‘lovlarni kamaytirish yoki yuqori natija ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan talabgorlar sonini sun’iy ravishda qisqartirish maqsadini ko‘zlamaydi. Mazkur tartibning maqsadi mavjud infratuzilma, texnik vositalar, xodimlar va nazorat resurslaridan oqilona foydalangan holda imtihonlarni barqaror va sifatli tashkil etish, hududlar bo‘yicha yuklamani maqbul taqsimlash hamda natijalarni belgilangan muddatlarda e’lon qilishni ta’minlashdan iboratdir.

✅Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
More from @ilmiymarkazuz
  1. Oct 7, 2026✍️ Agentlik delegatsiyasi xalqaro kongressning navbatdagi kunida ishtirok etdi 📆 7-oktyab…
  2. Oct 7, 2026▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️ 📣 DIQQAT! E'LON! 🏢 Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan iTEP hamda At-t…
  3. Oct 3, 2026🇺🇿 O'zbek tilini xorijiy til sifatida bilish darajasini baholash va sertifikatlash uchun…
  4. Sep 18, 2026🎓 Toshkent shahrida ilk bor — College Board SAT | AP Day xalqaro tadbiri! Bilim va malaka…
  5. Sep 18, 2026▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️ 📣 DIQQAT! E'LON! 🏢 Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan iTEP hamda At-t…
  6. Sep 17, 2026The Scientific-Educational Practical Center is pleased to announce the launch of the Uzbek…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →