✍️ Agentlik delegatsiyasi xalqaro kongressning navbatdagi kunida ishtirok etdi
📆 7-oktyabr kuni Turkiyaning Denizli shahridagi Pamukkale universitetida o‘tkazilayotgan Ta’lim va psixologiyada o‘lchash va baholash bo‘yicha X xalqaro kongressi (CMEEP 2026) doirasidagi tadbirlarda Agentlik delegatsiyasi ishtirok etmoqda.
👥 Kongressning navbatdagi kunida ta’limdagi o‘lchash va baholashning zamonaviy yondashuvlari, kasbiy ko‘nikmalarni baholash hamda baholash tizimlarini takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan ma’ruzalar va parallel sessiyalar tashkil etilmoqda.
☑️Shuningdek, kunning muhim tadbirlaridan biri — “Turkiy davlatlarning o‘lchash va baholash markazlarining uchrashuvi” mavzusidagi panel sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda turkiy davlatlarning baholash tashkilotlari vakillari ishtirokida o‘lchash va baholash sohasidagi tajriba almashinuvi, amaliyotda qo‘llanilayotgan zamonaviy yondashuvlar hamda hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
❗️Mazkur sessiyada Agentlikning mamlakatimizda ta’limni baholash tizimini takomillashtirish, test topshiriqlarini ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazish, zamonaviy psixometrik yondashuvlarni joriy etish, baholash jarayonlarini raqamlashtirish hamda xalqaro standartlarga uyg‘unlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlari yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.
✴️Tadbir doirasida turkiy davlatlarning baholash tashkilotlari o‘rtasida tajriba almashish, ilg‘or amaliyotlarni o‘rganish va kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlarini belgilashga alohida e’tibor qaratildi.
✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Post #1102
1.21K
Forwarded from Bilimni baholash agentligi



