TGViewer
Channel Public Channel
Olim fondi

Olim fondi

@olimfondi

2021-yilda "Easybooking kompaniyasi” bilan hamkorlikda tashkil etilgan "Olim fondi” oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan va to’lov shartnomani to’lashga qiynalayotgan barcha yoshlarga yordam berishga tayyor!

@Olimfondi_bot
Subscribers
861
Photos
76
Videos
24
Links
79
Recent Posts 13 shown
Post #166 523
🟦🟦🟦

🎉 Olim fondi ta’sischisi Zuhra Sharipova hamda Kuzatuv kengashi a’zosi Xasan Hasanovni bugungi muborak kunlari bilan chin dildan tabriklaymiz!

⚡️ Sizning tashabbuskorligingiz, fidoyiligingiz va talabalar manfaatini doimo birinchi o‘ringa qo‘yishingiz ko‘plab yoshlar uchun katta motivatsiya va o‘rnak bo‘lib xizmat qilmoqda. Yoshlarning ta’lim olishi va rivojlanishiga qo‘shayotgan hissangiz tahsinga loyiq.

⭐️ Siz fondimizning rivojiga o‘z hissasini qo‘shayotgan, yoshlar qalbida ishonch va motivatsiya uyg‘otayotgan haqiqiy yo‘lboshchisiz.

🔥 Olim fondi jamoasi sizni ushbu qutlug‘ kun bilan yana bir bor samimiy muborakbod etib, mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, yangi g‘oyalar va kelgusi faoliyatingizda ulkan zafarlar tilaydi!

Hurmat bilan,
Olim fondi jamoasi!
  • ❤ 35
  • 👍 18
  • 🤝 2
  • ⚡ 1
Post #165 1.19K
Olim fondi 🟦🟦🟦🟦🟦 2026-2027 yilgi mavsum so’ngi bosqich natijalarini e’lon qilamiz. Ushbu rasmdagi insonlar Olim Fondini yutganini ma’lum qilamiz. 💬Ularga belgilangan tartibda stipendiyali hamda stipendiyasiz qilib to’lov kontraktlari to’lab beriladi. Ishonchingiz…
Olim fondi g‘oliblari qatoridan joy olmagan talabalarimizdan esa ijtimoiy tarmoqlarimizni kuzatib borishlarini so‘rab qolamiz. ❤️

Yil davomida turli xil tanlov va loyihalarda bemalol ishtirok etishingiz mumkin. Shuningdek, kelasi yil yana Olim fondiga hujjat topshirib, o‘z kuchingizni sinab ko‘rishingiz mumkin.

Hali oldinda ko‘plab imkoniyatlar bor! 🤝
  • ❤ 17
  • 🥰 9
  • 👍 3
  • 😢 3
Post #163 2.18K
🟦🟦🟦🟦🟦

2026-2027 yilgi mavsum so’ngi bosqich natijalarini e’lon qilamiz.

Ushbu rasmdagi insonlar Olim Fondini yutganini ma’lum qilamiz.

💬Ularga belgilangan tartibda stipendiyali hamda stipendiyasiz qilib to’lov kontraktlari to’lab beriladi. Ishonchingiz uchun rahmat. Hozirgacha biz bilan bo’lganingizdan xursandmiz.

⚠️Ro’yxatdagi talabalar bizga bog’lanishlarini so’rab qolamiz.

📌Yasha, o’rgan, rivojlan!

Rasmiy sahifalarimiz:

🕸Website || 🌐Telegram
📷Instagram || 📺You tube
  • ❤ 18
  • 🔥 14
  • 👏 5
  • 👍 2
  • 😢 2
Post #159 1.09K
🟦🟦🟦

🎓 Olim fondi | 2026–2027-yilgi mavsum

Olim fondining 2026–2027-yilgi mavsumi doirasida 3-bosqich — suhbat jarayoni 2 smenada bo‘lib o‘tdi.

💬Ushbu bosqichda 60 dan ziyod talabgor ishtirok etib, o‘zlari, maqsadlari, qiziqishlari va kelajakdagi rejalari haqida suhbatlashishdi.

🗣️Suhbat davomida talabgorlarning nafaqat akademik ko‘rsatkichlari, balki shaxsiy rivojlanishi, faolligi, maqsadlari va Olim fondi dasturida ishtirok etishga bo‘lgan motivatsiyasi ham e’tiborga olindi.

Rasmiy sahifalarimiz:

🕸Website || 🌐Telegram
📷Instagram || 📺You tube
  • 🔥 14
  • ❤ 5
  • 👍 2
Post #158 1.19K
❗️❗️❗️❗️❗️❗️❗️❗️❗️❗️

Nurullayeva Laylo Xayrulloyevna — Olim fondining 2024 - yilgi tanlov g‘olibasi!

📣 Ushbu stipendiatimiz bakalavr davridayoq ta’lim, ilmiy va ijtimoiy faoliyatda faol ishtirok etib, bir qator yutuqlarga erishgan.

🎓 Hozirda Toshkent davlat yuridik universitetining Xalqaro arbitraj va nizolarni hal qilish yo‘nalishi magistranti.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi huzuridagi Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy xodimi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar Parlamenti a’zosi (2025–2030) sifatida faoliyat yuritmoqda.

📌 Uning ta’lim va faoliyatidagi yutuqlari bunga yorqin misol bo‘la oladi:

➡️ 2025–2026 o‘quv yilida Yevropa Ittifoqi va Slovakiya hukumatining Milliy grant dasturi g‘olibi bo‘lib, Yevropada ta’lim oldi;

➡️ 2025-yilda Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan tashkil etilgan Yoshlar forumida “Eng zo‘r yurist maslahatchi” nominatsiyasi g‘olibi;

➡️ 2024–2025 o‘quv yilida AQSh Elchixonasi tomonidan tashkil etilgan Women and Girls Self Defense Camp 3 oylik xalqaro loyihasini muvaffaqiyatli tamomladi;

➡️ “Agro-Zamin Yulduzi” tanlovida fakultet bosqichida 1-o‘rinni, universitet bosqichida esa 3-o‘rinni egalladi. Fakultet bosqichida 120 dollar pul mukofoti, diplom va universitet bosqichiga yo‘llanma, universitet bosqichida esa diplom va planshet bilan taqdirlandi;

➡️ Islom Karimov nomidagi Davlat stipendiyasi sohibasi bo‘ldi;

➡️ Toshkent davlat agrar universiteti Ilmiy kengashi stipendiyasi — 2024 sohibasi bo‘ldi;

➡️ “Nodirai Davronlar” respublika tanlovida ishtirok etdi. Tanlovda davlat tilida savodxonlik diktanti hamda milliy qadriyatlarni targ‘ib qiluvchi loyihalar taqdimotida qatnashdi.

💬 Ushbu stipendiatimizning bugungi yutuqlaridan ko‘rib turganingizdek, u ta’lim bilan bir qatorda turli tanlov, loyiha va tadbirlarda faol ishtirok etib, o‘z imkoniyatlarini sinab kelgan. Har bir imkoniyatdan unumli foydalanib, o‘zining shijoati, harakatchanligi va intilishi bilan qator tanlovlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.

📌 Layloning erishgan natijalari bizga bir narsani ko‘rsatadi: imkoniyatlardan foydalanish, faol bo‘lish va o‘z ustida ishlash orqali katta natijalarga erishish mumkin.

✨ Siz ham o‘z oldingizga aniq maqsad qo‘yib, mavjud imkoniyatlardan unumli foydalansangiz, bugun Layloni yutuqlari bilan ko‘rib turganimiz kabi, ertaga sizning yutuqlaringizni ham boshqalarga namuna sifatida taqdim etishimiz mumkin.

Olim fondi esa ana shunday intiluvchan va faol yoshlarni qo‘llab-quvvatlashda davom etadi.

📌Yasha, o’rgan, rivojlan!

Rasmiy sahifalarimiz:

🕸Website || 🌐Telegram
📷Instagram || 📺You tube
  • ❤ 23
  • 🔥 6
  • 👍 5
  • 🥰 3
  • ❤‍🔥 2
  • 😍 1
Post #153 1.08K
🟦🟦

3-bosqich “Suhbat” boshlandi…

📌Jarayonlarni biz bilan kuzatib boring.

Rasmiy sahifalarimiz:

🕸Website || 🌐Telegram
📷Instagram || 📺You tube
  • ❤ 10
  • 🔥 5
  • 👍 4
Post #151 1.12K
🟦🟦🟦🟦🟦

OLIM FONDI — 2026–2027 O‘QUV YILI
3-BOSQICH: SUHBAT

Hurmatli talabgorlar!

Olim fondi 2026-2027 yilgi mavsum 3-bosqichi — suhbat jarayoni 27-sentyabr kuni Toshkent shahrida ikki smenada tashkil etiladi:

⌛️ 1-smena — 09:00
⌛️ 2-smena — 13:00

📍Manzil: U babushki kafe (Mirzo Ulug'bek 9)

Suhbatda ishtirok etuvchi talabgorlar ro‘yxatda ko‘rsatilgan o‘zlariga tegishli smenada belgilangan manzilga o‘z vaqtida yetib kelishlari lozim.

Shuningdek, talabgorlardan mavjud imtiyozlarini tasdiqlovchi hujjatlarni tegishli rasmiy davlat portallaridan yuklab olib, qog‘oz shaklida suhbatga olib kelishlari so‘raladi.

Jumladan:

➡️nogironlik yoki imkoniyati cheklanganlikni tasdiqlovchi hujjatlar;
➡️oilada ikki yoki undan ortiq talabaning kontrakt asosida tahsil olayotganini tasdiqlovchi hujjatlar;
➡️vafot etganlik holatini tasdiqlovchi hujjatlar;
➡️boshqa mavjud imtiyozlarni tasdiqlovchi hujjatlar,
hamda, erishgan yutuqlar.

📌 Eslatma: Imtiyozga ega bo‘lgan talabgorlar tegishli hujjatlarni oldindan tayyorlab, suhbat kuni o‘zlari bilan birga olib kelishlari shart.

Barchangizga suhbat jarayonida muvaffaqiyat tilaymiz!

Rasmiy sahifalarimiz:

🕸Website || 🌐Telegram
📷Instagram || 📺You tube
  • ❤ 16
  • 🔥 7
  • 💘 1
Post #150 1.58K
Qabul.xlsx12.1 KB
📣 Olim fondi | 2026–2027-yilgi mavsum 2-bosqich — IQ test natijalarini e’lon qilamiz! 🎉

Quyidagi faylda ism-familiyasi ko‘rsatilgan talabgorlar keyingi bosqich — suhbat bosqichiga o‘tgan hisoblanadi.

Ushbu ro‘yxatda ismi ko‘rsatilmagan talabgorlar, afsuski, keyingi bosqichga o‘tish uchun belgilangan ballni to‘play olmagan.

💬Bu safar ular bilan xayrlashamiz.

Biroq har bir ishtirokchiga o‘z ustida ishlashda, ta’lim va kelajakdagi faoliyatida katta muvaffaqiyatlar tilaymiz!


📌 Suhbat sanasi, vaqti va manzili haqida tez orada e’lon qilamiz.

Rasmiy sahifalarimiz:

🕸Website || 🌐Telegram
📷Instagram || 📺You tube
  • 😢 31
  • ❤ 23
  • 😭 11
  • 🏆 6
  • 🔥 2
  • 🤔 2
  • 👍 1
Post #148 1.23K
🟦🟦🟦

Talabgorlarimiz bilan intervyu.

💬Ushbu videoda IQ testga kelgan talabgorlarning hissiyotlari, o’zining fikrlari, maqsadlari va tilaklari bilan bo’lishgan.

📌Bizni kuzatishda davom eting!

Rasmiy sahifalarimiz:

🕸Website || 🌐Telegram
📷Instagram || 📺You tube
  • ❤ 11
  • 🔥 9
Post #147 993
🟦🟦🟦

⚡️Joriy yilning 13-sentyabr kuni Olim fondi 2026-2027 yilgi o’quv mavsumi uchun stipendiantlarni aniqlashning 2-bosqichi IQ test bo’lib o’tdi. Unda 180 dan ziyod talabgorlar stipendiant bo’lish uchun raqobatlashishdi.

📌Yasha, o’rgan, rivojlan!

Rasmiy sahifalarimiz:

🕸Website || 🌐Telegram
📷Instagram || 📺You tube
  • ❤ 17
  • 🔥 6
  • 👍 3
Post #146 1.93K

This post (sticker, poll or similar) has no web preview. Open in Telegram

  • 🔥 25
  • ❤ 9
  • 👍 8
  • 🆒 2
  • ⚡ 1
Post #145 1.89K

This post (sticker, poll or similar) has no web preview. Open in Telegram

  • ❤ 22
  • ❤‍🔥 8
  • 👍 6
  • 🔥 5
Post #144 1.63K
Olim fondi Video message
📢 Ishtirokchilar diqqatiga!

Barcha ishtirokchilardan videoda ko‘rsatilgan joyda, zina oldida to‘planib turishlarini so‘raymiz. Sizlarni volontyorlarimiz kutib olib, tadbir o‘tkaziladigan hududga olib kirishadi.

📝 Kirish jarayonida ro‘yxatdan o‘tish (registratsiya) amalga oshiriladi.

Iltimos, yoningizda shaxsni tasdiqlovchi hujjat (ID-karta yoki pasport) bo‘lishini unutmang.
  • ❤ 13
  • 👍 3
  • 🔥 3
Older posts →

About this channel

How can I read @olimfondi without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Olim fondi: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Olim fondi have?
Olim fondi (@olimfondi) has 861 subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Olim fondi know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →