OLIM FONDI — 2026–2027 O‘QUV YILI
3-BOSQICH: SUHBAT
Hurmatli talabgorlar!
Olim fondi 2026-2027 yilgi mavsum 3-bosqichi — suhbat jarayoni 27-sentyabr kuni Toshkent shahrida ikki smenada tashkil etiladi:
⌛️ 1-smena — 09:00
⌛️ 2-smena — 13:00
📍Manzil: U babushki kafe (Mirzo Ulug'bek 9)
Suhbatda ishtirok etuvchi talabgorlar ro‘yxatda ko‘rsatilgan o‘zlariga tegishli smenada belgilangan manzilga o‘z vaqtida yetib kelishlari lozim.
Shuningdek, talabgorlardan mavjud imtiyozlarini tasdiqlovchi hujjatlarni tegishli rasmiy davlat portallaridan yuklab olib, qog‘oz shaklida suhbatga olib kelishlari so‘raladi.
Jumladan:
➡️nogironlik yoki imkoniyati cheklanganlikni tasdiqlovchi hujjatlar;
➡️oilada ikki yoki undan ortiq talabaning kontrakt asosida tahsil olayotganini tasdiqlovchi hujjatlar;
➡️vafot etganlik holatini tasdiqlovchi hujjatlar;
➡️boshqa mavjud imtiyozlarni tasdiqlovchi hujjatlar,
hamda, erishgan yutuqlar.
📌 Eslatma: Imtiyozga ega bo‘lgan talabgorlar tegishli hujjatlarni oldindan tayyorlab, suhbat kuni o‘zlari bilan birga olib kelishlari shart.
Barchangizga suhbat jarayonida muvaffaqiyat tilaymiz!
Rasmiy sahifalarimiz:
🕸Website || 🌐Telegram
📷Instagram || 📺You tube

