Nurullayeva Laylo Xayrulloyevna — Olim fondining 2024 - yilgi tanlov g‘olibasi!
📣 Ushbu stipendiatimiz bakalavr davridayoq ta’lim, ilmiy va ijtimoiy faoliyatda faol ishtirok etib, bir qator yutuqlarga erishgan.
🎓 Hozirda Toshkent davlat yuridik universitetining Xalqaro arbitraj va nizolarni hal qilish yo‘nalishi magistranti.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi huzuridagi Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy xodimi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar Parlamenti a’zosi (2025–2030) sifatida faoliyat yuritmoqda.
📌 Uning ta’lim va faoliyatidagi yutuqlari bunga yorqin misol bo‘la oladi:
➡️ 2025–2026 o‘quv yilida Yevropa Ittifoqi va Slovakiya hukumatining Milliy grant dasturi g‘olibi bo‘lib, Yevropada ta’lim oldi;
➡️ 2025-yilda Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan tashkil etilgan Yoshlar forumida “Eng zo‘r yurist maslahatchi” nominatsiyasi g‘olibi;
➡️ 2024–2025 o‘quv yilida AQSh Elchixonasi tomonidan tashkil etilgan Women and Girls Self Defense Camp 3 oylik xalqaro loyihasini muvaffaqiyatli tamomladi;
➡️ “Agro-Zamin Yulduzi” tanlovida fakultet bosqichida 1-o‘rinni, universitet bosqichida esa 3-o‘rinni egalladi. Fakultet bosqichida 120 dollar pul mukofoti, diplom va universitet bosqichiga yo‘llanma, universitet bosqichida esa diplom va planshet bilan taqdirlandi;
➡️ Islom Karimov nomidagi Davlat stipendiyasi sohibasi bo‘ldi;
➡️ Toshkent davlat agrar universiteti Ilmiy kengashi stipendiyasi — 2024 sohibasi bo‘ldi;
➡️ “Nodirai Davronlar” respublika tanlovida ishtirok etdi. Tanlovda davlat tilida savodxonlik diktanti hamda milliy qadriyatlarni targ‘ib qiluvchi loyihalar taqdimotida qatnashdi.
💬 Ushbu stipendiatimizning bugungi yutuqlaridan ko‘rib turganingizdek, u ta’lim bilan bir qatorda turli tanlov, loyiha va tadbirlarda faol ishtirok etib, o‘z imkoniyatlarini sinab kelgan. Har bir imkoniyatdan unumli foydalanib, o‘zining shijoati, harakatchanligi va intilishi bilan qator tanlovlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.
📌 Layloning erishgan natijalari bizga bir narsani ko‘rsatadi: imkoniyatlardan foydalanish, faol bo‘lish va o‘z ustida ishlash orqali katta natijalarga erishish mumkin.
✨ Siz ham o‘z oldingizga aniq maqsad qo‘yib, mavjud imkoniyatlardan unumli foydalansangiz, bugun Layloni yutuqlari bilan ko‘rib turganimiz kabi, ertaga sizning yutuqlaringizni ham boshqalarga namuna sifatida taqdim etishimiz mumkin.
Olim fondi esa ana shunday intiluvchan va faol yoshlarni qo‘llab-quvvatlashda davom etadi.
📌Yasha, o’rgan, rivojlan!
Rasmiy sahifalarimiz:
🕸Website || 🌐Telegram
📷Instagram || 📺You tube
