TGViewer
Channel ✦ Verified Channel
Odiljon Tojiyev

Odiljon Tojiyev

@odiljon_tojiyev

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Odiljon Tojievning rasmiy kanali

https://taplink.cc/odiljon.tojiyev
Subscribers
2.55K
Photos
434
Videos
144
Links
361
Recent Posts 7 shown
Post #962 830
Milliy media assotsiatsiyasiga a’zo nodavlat OAV uchun xalqaro hamkorlik imkoniyatlarini kengaytiradigan memorandum imzoladik.

Bugun Pekinda CCTV+ agentligi bosh direktori Li Sya xonim bilan uchrashib, Assotsiatsiyaning “Global South Media Partners” hamkorlik mexanizmiga qo‘shilishi boʻyicha oʻzaro anglashuv memorandumi imzoladik.

Bu kelishuv nodavlat OAVlarimiz uchun juda kerakli imkoniyatlarni beradi. Endi a’zolarimiz xalqaro kontent almashinuvida bevosita qatnashishi, jurnalist va mutaxassislarimiz malaka oshirishi hamda eng yangi mediatexnologiyalarni o‘zlashtirishi mumkin bo‘ladi.

O‘zbekiston va Xitoy munosabatlaridagi o‘zaro ishonch media sohasida ham aniq harakatlarga aylanayotganidan xursandman. CCTV+ jamoasiga ochiq muloqot uchun rahmat aytaman.

Keyingi asosiy ishimiz memorandumni a’zolarimizga foyda keltiradigan amaliy loyihalarga aylantirish boʻladi.

Odiljon Tojiyev
  • 👍 10
  • 🔥 5
  • 👏 4
Post #958 17.5K
Pekindagi tashrifimizning ikkinchi kunida “Sinxua” axborot agentligi Xitoy iqtisodiy axborot xizmati (CEIS) raisi Pan Xaypin bilan uchrashdik.

Ikki davlat hamkorligi jarayonida ishbilarmon doiralarga yurtimizdagi mavjud salohiyatni toʻgʻri va xolis yoritib berish mediadan katta mas’uliyat talab qiladi.

Shu maʼnoda, “Sinxua Ipak yo‘li” platformasi orqali O‘zbekistonning iqtisodiy va investitsiyaviy salohiyatini xalqaro auditoriyaga tanitish imkoniyatlarini muhokama qildik. Assotsiatsiyaga a’zo OAV uchun professional aloqalarni kengaytirish, jurnalistlar va ekspertlar almashinuvi hamda qo‘shma loyihalar boʻyicha fikrlashdik.

Xitoylik hamkorlarimizning takliflarimizga qiziqishini qadrlaymiz. Bu muloqotni oʻzaro manfaatli, amaliy hamkorlikka aylantirishdan manfaatdormiz.

Odiljon Tojiyev
  • 👍 16
  • 👏 11
  • ❤ 6
  • 🔥 6
  • 🤩 1
Post #953 1.2K
Milliy media assotsiatsiyasi delegatsiyasi bilan Pekindagi uchrashuvlarimizni boshladik. Davlatlarimiz rahbarlari o‘rtasidagi ishonchli muloqot media sohasidagi hamkorlik uchun ham keng imkoniyatlar ochmoqda.

Bugun «Ipak yo‘li yoshlari: O‘zbekiston» hujjatli filmining premerasida ishtirok etdik. Yoshlarimizning hayoti va intilishlarini xitoylik tomoshabinga tanishtirayotgan film ijodkorlariga minnatdorlik bildirdim.

Xitoy xalqaro kommunikatsiyalar guruhi (CICG) vakillari bilan jurnalistlar malakasini oshirish, qo‘shma filmlar tayyorlash va ikki mamlakat hayotini birgalikda yoritish bo‘yicha takliflarimizni muhokama qildik.

Oldinda Xitoyning qator yetakchi media tashkilotlari bilan uchrashuvlar bor.
Maqsadimiz milliy mediamiz uchun yangi ijodiy va professional imkoniyatlar ochish.

Odiljon Tojiyev
  • 👍 24
  • 🔥 14
  • ❤ 7
  • 👏 6
Post #952 1.6K
Bizga qo‘shnilarimiz haqida kim gapirib beryapti?

Markaziy Osiyoda siyosiy kelishuvlar, chegaralar ochilishi va iqtisodiy o‘sish - bularning hammasi muhim.

Va davlatlar darajasidagi bu yutuqlarning eng mustahkam poydevori xalqlarimiz o‘rtasidagi samimiy va chinakam ishonch.

Samarqandda o‘tayotgan Markaziy Osiyo fuqarolik jamiyati forumida aynan shu masala ko‘tarildi.

Bugun biz axborot emas, ishonch tanqisligi davrida yashayapmiz. Bu sharoitda voqelikning buzib ko‘rsatilishi, manipulyatsiya va feyklar jamoatchilik fikriga jiddiy ta’sir qilishi mumkin.

Masalaning yana bir o‘ta nozik tomoni bor. Markaziy Osiyo aholisining o‘rtacha yoshi bor-yo‘g‘i 29 da. Umumiy kelajagimiz mana shu raqamli avlodning qo‘lida. Biz ularga media orqali nimani taqdim etyapmiz?

Shuning uchun, biz mintaqa OAVlari va fuqarolik jamiyati o‘rtasida doimiy ishlaydigan aniq mexanizm, qo‘shma media loyihalar va faktcheking bo‘yicha tizimli hamkorlikni amalga oshirishimiz zarur.

Biz ilgari surayotgan mintaqaviy media hamkorlik turli xil qarashlar sof faktlarga tayanadigan, milliy manfaat va qadriyatlar hurmat qilinadigan maydon.

Davlat rahbarlari mintaqada devorlar o‘rniga ko‘priklar qurdi. Siyosat o‘z so‘zini aytdi. Ana shu ko‘priklarni mustahkam ushlab turish media va jamiyatning yelkasidagi vazifa.

Odiljon Tojiyev
  • 👍 24
  • 🔥 15
  • 👏 15
  • ❤ 7
Post #951 1.21K

Forwarded from uzmilliymedia

🔥“Media Akademiya” loyihasi doirasida “Rennesans” telekanalida “Sun’iy intellekt yordamida sifatli media-kontent ishlab chiqarish: g‘oyadan tayyor mahsulotgacha” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

🔺AI mutaxassisi Umar Islomov ishtirokidagi trening davomida sun’iy intellektning zamonaviy media va jurnalistikadagi imkoniyatlari, AI yordamida g‘oya va ssenariy ishlab chiqish, matn, vizual, audio hamda video kontent yaratish bo‘yicha amaliy yondashuvlar muhokama qilindi.

🔺Shuningdek, ishtirokchilar to‘g‘ri prompt yozish, AI yaratgan kontentni tahrirlash, faktlarni tekshirish, media etikasi va axborot ishonchliligini ta’minlash bo‘yicha tavsiya va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.


🔥“Media Akademiya” — zamonaviy media uchun yangi bilim, amaliy ko‘nikma va professional rivojlanish maydoni.

Instagram | Facebook | Linkedin | You tube | X |
  • ❤ 14
  • 👏 10
  • 👍 9
  • 🔥 4
Post #950 1.25K

Forwarded from Mikrofon ko‘targan ayol

“9 soat”ning siri nimada?

“…Men mashinada ko‘p yuraman, ko‘chada bir-biri bilan muloqot qilib ketayotgan yoshlarni ko‘rib o‘ylayman: qani endi ular eng baxtli kunlari shu ekanini bilsalar…

Bilasizlarmi, Prezident bo‘lib meni nima qiynaydi? Menga vaqt yetmaydi!”

Seulda davlat rahbarining vatandoshlarimiz bilan muloqotida shu so‘zlarini eshitib, ta’sirlandim.

Biz O‘zbekiston Prezidentining davlat tashrifini yoritish uchun kelgan jurnalistlarga ham, butun delegatsiyamizga ham, va mana bildikki, Prezidentimizga ham vaqt yetmayapti.

Tasavvur qiling, Seul 4 soat oldinda. 15-sentabr O‘zbekistonda tonggi 6 bo‘lganida davlat rahbarining Koreya Milliy assambleyasida uchrashuvi bo‘layotgandi.

Prezidentimiz parlament spikeri bilan xayrlashayotganida aytgan gaplari qulog‘imga chalindi: “Ishlarimiz juda ko‘p, soat 4 da uyg‘onishga to‘g‘ri kelyapti”.

“Ishlarimiz juda ko‘p”ning ma’nosi, menimcha, shunday: Prezidentning ish dasturida tushga qadar 1 ta uchrashuv, 1 ta qabul, yana 200 kishilik O‘zbekiston-Koreya biznes forumida nutq, hujjatlarni imzolash marosimi, O‘zbekiston viloyatlarida 5 ta qo‘shma yangi loyihaga start marosimi, Koreyaning 10 ta chebol kompaniyasi (ko‘p tarmoqli ulkan oilaviy biznes) bilan tet-a-tetlar. Bu vaqtda esa yana bir zalga odamlar to‘plandi, Koreyada yashayotgan, o‘qiyotgan 50 ga yaqin vatandoshlar mahtal turibdi. Bu ishlarni boshida turish tugul, shunchaki o‘qib ko‘rsangiz ham ehhe devorasiz.

Kostyum-shim kiygan jiddiy odamlarning gaplarini eshitib qolaman: “balki vatandoshlar bilan uchrashuv “otmen” bo‘lar? Uchrashuvga kirmang, deb ayta qolamiz, sammitga tayyorgarlik ko‘rishlari kerak, hali “obed” ham qilmadilar”.

Tushlik qilmay ishlashlariga biz ham guvohmiz, ayniqsa, xorijda tadbir-tadbirga ulanib ketaveradi. Ko‘proq odam bilan gaplashishga harakat qiladi prezident. Ko‘proq foyda olib ketay yurtimga, deydi prezident.

Bir kun ichida nihoyatda ko‘p odam bilan gaplashib, topshiriqlar bergani, nutq o‘qigani —“non-stop” rejimi o‘z ta’sirini ko‘rsatadi: Prezident ba’zan tomog‘i qirilayotgani uchun uzr so‘raydi, “bular menga suv ham bermaydi” deb yarmi hazil, yarmi chin aytadi.

Auditoriya yoshlardan iborat. “El-yurt umidi” jamg‘armasining stipendiatlari, yoki “allaqachon tup qo‘yib palak yozganlar” — 50 $dan biznes boshlab, bugun O‘zbekistondan import qilayotganlar, yoki universitetda 7 koreys talabaga o‘zbek tilini o‘rgatishdan boshlab, hozir yiliga 70 dan ortiq talaba o’qitayotgan olimalar ham bor.

Prezident ularga tashrif tafsilotlarini tushuntiradi, nega Koreyaga kelgani, munosabatlarimiz qanday rivojlanib borayotgani, shu yerdagi fuqarolarga qanday ko‘mak berish mumkinligi haqida suhbatlashadi. 10 ga yaqin yoshlarning takliflarini tinglaydi.

Protokol xizmati bir necha bor rahbar oldiga kelib eslatadi: “9 soat bo‘ldi”.

Davlat rahbari esa muloqotda davom etadi. Jurnalistlar mag‘zini chaqishga urinamiz. To‘xtovsiz ishlayotganlariga 9 soat bo‘ldimi yoki muhim tadbir boshlanishiga 9 soat qoldimi?

Uchrashuvda Koreyada tadqiqot qilayotgan Yelena Chuyanova “tez-tez, shoshilinch madaniyat”ni eslatadi: 빨리빨리 문화 (ppalli-ppalli munhwa). Ya’ni, taraqqiyotdan orqada qolmaslik sharti – vaqtni yengish, nafaqat «jisman», balki «ma’nan yengish».

Koreyani rivojlantirgan bu madaniyat Prezidentimizning “shoshilmasdan shoshilish” prinsipiga o‘xshaydi. Zamondan orqada qolmaydigan O‘zbekiston qurish orzusi bu.

"Bir daqiqa ham vaqtlaringni bekorga o‘tkazmanglar. 5 yil o‘tadi, 10-15 yil o‘tadi. Kim boshqaradi O‘zbekistonni? Sizlar. To‘g‘ri, sog‘inch qiynaydi. Vatan sog‘inchi alamida ko‘proq ilm olinglar, vatanga sadoqat bilan xizmat qilinglar".

9 soat “tik oyoqda” o‘tgan kun baribir yakunlanmaydi. 16-sentabrda Markaziy Osiyo beshligi va Koreya sammiti bo‘ladi, hozir borib prezident o‘z nutqini, tashabbuslarni tayyorlaydi.

Qachon rahbar dam oladi—bu savolga javob topish butun delegatsiya uchun hozircha jumboq.

“O‘zimniyam qiynayman, sizlarniyam,
ishlamagunlaringcha qo‘ymayman, bizga 40 million xalq qarab turibdi. Ularni rozi qilishimiz kerak”.

9 soatlik “non stop”ning sirini bilmaymanu, maqsadi lekin aniq shu.
  • 👍 13
  • 🔥 12
  • ❤ 11
  • 👏 5
Post #949 859

Forwarded from uzmilliymedia

Samarqand osmonida shaxmat timsollari

46-Butunjahon shaxmat olimpiadasining ochilish marosimi dron-shou bilan yanada yorqin tus oldi. Yuzlab dronlar osmonda shaxmat va olimpiada ramzlarini gavdalantirdi.

Instagram | Facebook | Linkedin | You tube | X |
  • 👍 5
  • 🔥 3
  • ❤ 2
Older posts →

About this channel

How can I read @odiljon_tojiyev without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Odiljon Tojiyev: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Odiljon Tojiyev have?
Odiljon Tojiyev (@odiljon_tojiyev) has 2.55K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Odiljon Tojiyev know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →